Qirgʻiz hukumati mamlakatdagi oltinni saqlab qolish uchun soliq stavkasini oshirdi

1359
0

Qirgʻiz hukumati mamlakatdagi oltinni saqlab qolish uchun soliq stavkasini oshirdi

Qirgʻiziston oltin rudasi uchun eksport soligʻini oshirish haqida qaror qabul qildi. Mazkur qaror Iqtisodiyot vazirligi Moliya siyosati boshqarmasi boshligʻi Kuban Aydaraliyev tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida eʼlon qilindi.

Yangi qarorga koʻra, Qirgʻizistondan qazib olinadigan oltin rudalarining eksport qilish soligʻi 3 foizga oshirildi. Oltin va tozalangan oltin stavkalari mamlakat miqyosida bir xil darajada saqlanib qoldi.

Kuban Aydaraliyev oltin eksporti uchun soliq stavkasining oshirilishidan koʻzlangan maqsad maʼdan shirkatlarini Qirgʻizistonda qayta ishlash zavodini ochishga ragʻbatlantirish ekanligini taʼkidladi.

“Qumtorga qoʻshimcha ravishda, barcha kompaniyalar oltin konlarini qazib olish borasida Qirgʻizistonda toʻplanmoqda. Rudalar Qozogʻiston, Xitoy va Turkiyada qayta ishlanadi. Bizning oltinlar shu yerda qolishini yoki mamlakatga qaytib kelishini istaymiz”, dedi Aydaraliyev.

“Milliy bank har yili 2,5 tonna oltinni chetdan oladi, zargarlar ham xuddi shuncha oltinni chetdan oladi. Oltin zaxiralariga ega boʻlgan Qirgʻiziston sof oltinni import qilib chetdan olib kirishga majbur boʻlmoqda. Bizning zargarlarimiz sanoat rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotgan import soligʻini toʻlashlari kerak. Shuning uchun Qirgʻizistondan oltin ruda eksportni toʻxtatishimiz va ichki oltin manbasini saqlab qolishimiz zarur”, deya qoʻshimcha qildi Aydaraliyev.

Hozirda Qirgʻizistonda oltin qazib oluvchi yettita kompaniya mavjudligi aytiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.