AQSh bosh shtab rahbari: Tolibon magʻlub boʻlmadi

806
0

AQSh bosh shtab rahbari: Tolibon magʻlub boʻlmadi

AQShning Bosh shtabi boshqarmasining rahbari general Jozef Dunford Kanadada tashkil etilgan “Halifaks” xavfsizlik forumida soʻzlagan nutqida Tolibon magʻlub boʻlmaganligini bildirdi. Dunfordning taʼkidlashicha, harbiy harakat bilan Afgʻonistondagi urushga chek qoʻyib boʻlmaydi.

“Ular hozirgacha magʻlub boʻlmadi. Oʻylaymanki, buni aytish adolatdandir”, dedi Tolibon haqida bayonot bergan Dyunford.

Dunfordga koʻra, AQSh va NATO ittifoqchilari urushni toʻxtatishga Tolibonni ishontirish uchun harbiy, siyosiy va iqtisodiy bosimlarni kuchaytirishga harakat qilmoqda.

“Tolibon maʼlum nuqtada biz bilan murosaga kelishga majbur ekanligini biladi, bunga bizning ishonchimiz komil. Tolibonni muzokaralarga undash uchun barcha bosimlarni qoʻllash muvaffaqiyatning kalitidir”, dedi Dunford.

Dyunford Tolibon bilan muzokara nuqtasiga kelish uchun “uzoq yoʻl” borligini aytdi.

AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad Tolibon bilan 5 oy ichida tinchlik kelishuviga erishishga umid qilayotganini bildirdi.

“2019 yil 20 aprelda Afgʻonistondagi mahalliy saylovlariga qadar tinchlik toʻgʻrisida kelishuvga erishamiz degan umidimiz bor. Bunga aloqador barcha tomonlar va barcha afgʻon guruhlari bilan uchrashyapman. Kelishuv va tinchlik uchun imkoniyat bor, deb oʻylayman”, dedi Xalilzad.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.