Suriya xalqi Turkiya armiyasiga murojaat yoʻlladi

888
0

Suriya xalqi Turkiya armiyasiga murojaat yoʻlladi

Suriya xalqi va bir guruh yetakchilari Suriyadagi Turk nazorat nuqtasining yoniga kelib, u yerdagi Turkiya armiyasiga murojaat yoʻlladi. Suriya xalqining talablari bitilgan murojaatnomada shunday deyiladi:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Biz Suriya xalqi sifatida va bir guruh yetakchilar sifatida sizga murojaat yoʻllamoqdamiz. Murojaatimizga eʼtibor qaratasiz degan umiddamiz. Biz bu murojaatimizda sizga baʼzi jihatlarni eslatib oʻtamiz.

Ostona bitimiga binoan ruslar bilan birgalikda oʻlkamizga kirdingiz. Ruslar Asad rejimi tarafida turar ekan, siz goʻyo bizning tarafizni olgandek boʻldingiz. Soʻng ruslar harbiy samolyotlari bilan bizga hujum uyushtirganiga va Asad rejimini kuchaytirish uchun oʻlkamizda bizga qarshi jang qilganiga guvoh boʻldik. Ammo siz ruslar va rejim hujumlariga zamin tayyorlagan “nazoratchi” rolingizdan boshqa hech narsa qilmadingiz. Bizning harakat maydonimizni cheklab qoʻydingiz. Muxolif guruhlarni rejimga qarshi biror harakat qilishiga hukumatingiz izn bermadi. Maxsus qurollarni bizga yetib kelishiga toʻsqinlik qildingiz. Bular yetmagandek, hukumatingizning Sochi bitimini tuzishi, ogʻir qurollarni ortga qaytarib, nazorat nuqtalarini mujohidlardan tozalashi, zolim rejimga yoʻllarni ochib, uni qayta jonlantirishi va Idlibning boʻlaklarga ajratish borasidagi niyati bizni yana bir bor taajjubga soldi. Alloh uchun aytingchi, nima uchun bunday muomala qilyapsizlar? Musulmon birodarlarimiz va qoʻshnimiz boʻla turib, nima uchun bizga qarshi pozitsiyani egallayapsiz? Qotil Asad rejimi, Rossiya va Eron amalga oshirgan jinoyatlar natijasida oqqan qonlarni, toptalgan son-sanoqsiz nomuslarni va oʻlkamizni tinimsiz vayron qilgan hujumlarni nima uchun koʻrmaslikka olyapsiz? Bizning boshimizga tushgan kunlardan Turkiyadagi Musulmonlarning gʻazablanishi qayerda qoldi?! Bizning boshimizga tushgan kunlardan sizning gʻazablanishingiz qayerda qoldi?! Hukumatingiz haq yoʻlni topa olmay qoldimiki, Rossiya va Amerika bilan birgalikda harakat qilishni foydali deb oʻylay boshladi. Hukumatingiz nima uchun tor nuqtai nazar bilan harakat olib bormoqda? Sizning bu yoʻlingiz toʻgʻri yoʻl emas. Agar bu yoʻlda davom etsangiz va pozitsiyangizni oʻzgartirmasangiz, sizlarni Allohning qahri, xalqingizning gʻazabi va Islom Ummatining nafratidan ogohlantiramiz. Shuni bilib qoʻyshingizni xohlaymizki, hukumatingizning bu pozitsiyalardan koʻzlagan maqsadi inqilobimizni yoʻq qilish va insonlarimizga, nomuslarimizga qarshi jinoyat qilishdan aslo voz kechmaydigan Asad rejimiga bizni topshirishdir. Shuning uchun bu bitimni rad etamiz va sizlarni bu bitimga amal qilishni bas qilishga chaqiramiz. Aks holda bizning nazarimizda Asad rejimidan hech farqingiz qolmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.