Husiy qurolli to‘dalarining xavfsizlik xizmati Hizb ut-Tahrir a’zolarini qamoqqa olish kampaniyasini boshladi

139
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Husiy qurolli to‘dalarining xavfsizlik xizmati Hizb ut-Tahrir a’zolarini qamoqqa olish kampaniyasini boshladi

Husiylarga qarashli xavfsizlik xizmati Hizb ut-Tahrir a’zolariga qarshi reydlar o‘tkazib, poytaxt San’odan Hizbning ikki a’zosini, Tays viloyati Moviya rayonidan 4 nafar a’zosini qamoqqa oldi. Bu hujum Hizbning Xalifalik qulatilishining alamli yuz yilligi xotirasida Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etishga musulmonlar himmatini qo‘zg‘ash uchun olib borayotgan xalqaro kampaniyasi chog‘ida amalga oshirildi.

Bu xususda Hizb ut-Tahrir – Yaman viloyati matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, unda quyidagi savollarni o‘rtaga tashladi:

«Husiylar Hizb ut-Tahrir a’zolariga qanday jinoyatni yuklasharkin?! Ular bu kabi qilmishlari bilan haqiqat ovozini o‘chirishga muvaffaq bo‘larmikinlar, Hizb ut-Tahrirning o‘z faoliyatini davom ettirishdan, Islom boshqaruvini barpo etish orqali o‘z maqsadiga etishdan to‘sa olarmikinlar?».

Matbuot bayonoti so‘nggida bunday deyildi:

«Ey jinoyatchilar, ayblaringiz ochilib bo‘ldi. Axir, sizlarning kapitalistik G‘arb minadigan navbatdagi ulovdan boshqa narsa emasligingiz ochiq ko‘rindi. Sizlarga o‘xshaganlar istamasalar-da, Alloh O‘z nurini har tarafga yoyguvchidir. Chunki Hizb ut-Tahrir a’zolarini butun dunyo taniydi, da’vatlari, g‘oyalari va yo‘llari hammaga ma’lum. Sizning odamlarni aldashga urinishlaringiz va ular ustiga botilni otishingiz hargiz kor qilmaydi.

Roya gazetasining 2021 yil 17 mart chorshanba kungi 330-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.