Toʻrt davlat rahbarlari Idlibda uzoq muddatli asosdagi sulh saqlash majburiyatini olishdi

925
0

Toʻrt davlat rahbarlari Idlibda uzoq muddatli asosdagi sulh saqlash majburiyatini olishdi

Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya, Frantsiya, Germaniya va Rossiya yetakchilari ishtirokida Suriya mojarosini tartibga solish masalalariga bagʻishlangan toʻrt tomonlama muzokaralar boʻlib oʻtdi.

 Sammit yakunlariga bagʻishlangan anjumanda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, agar jangarilar provokatsiyani davom ettirsa Rossiya Idlib viloyatida terrorchilarni yoʻq qilish uchun Suriya harbiylariga koʻmak berish huquqini oʻzida qoldiradi.

“Suriyada zoʻrovonlik darajasi sezilarli tarzda kamayganiga qaramasdan, u yerdagi radikal unsurlarni batmom yoʻq qilish muhim vazifa hisoblanadi”, – dedi Rossiya rahbari. “Moskva Idlib viloyatining qurolsizlantirilgan hududidan muxolifat aʼzolarini Turkiya imkon qadar tezroq olib chiqib ketishidan umid qilmoqda”, – deya qoʻshimcha qildi u.

 Rossiya yetakchisining soʻzlariga koʻra, Istanbul uchrashuvi qatnashchilari asosiy masalada yakdil: Suriyada uzoq muddatli tinchlikka faqat siyosiy va diplomatik vositalar bilangina erishish mumkin. Putin bu holda faqatgina suriyaliklarning oʻzi mamlakati kelajagini hal qilishlari lozimligini qayd etib oʻtdi.

 Putin hamkasblaridan suriyalik qochqinlar masalasiga bagʻishlangan xalqaro kontserentsiya oʻtkazish boʻyicha Rossiya tashabbusini qoʻllab-quvvatlashni soʻradi.

 “Biz bu nimalarga bogʻliq ekanligini, muammoning mohiyatini tushunib turibmiz, biroq hamjihatlikda ishlamasak natijaga erisha olmaymiz”,- dedi Putin.

 Turkiya prezidenti Rajab Erdogon Yevropa Ittifoqi suriyalik qochqinlarga yordam berish boʻycha oʻz majburiyatlarini bajarishi lozimligini taʼkidladi.

 “Suriyalik qochqinlarga sarflangan 33 milliard dollarlik summa bizning ularga yordam berishga tayyorligimiz borasidagi qatʼiyatimizni koʻrsatadi, bizning mamlakatda uch million qochqin bor”,- dedi Turkiya yetakchisi sammit yakunlariga koʻra. U Yevropa mamlakatlarini Suriyaga koʻrsatiladigan moliyaviy yordam miqdorini oshirishga chaqirdi.

 Erdogon shuningdek, prezident Bashar Asad va mamlakat taqdirini Suriya xalqining oʻzi hal qilishi kerakligini aytib oʻtdi.

 Bundan tashqari, Turkiya yetakchisi Suriyadagi jangarilarni Turkiya chegaralari yaqinida yurishiga toqat qilolmasligini qayd etdi. U jangarilarga qarshi kurashlar davom etajagini vaʼda qildi.

 “Suriyadagi ushbu fojeani tugatish uchun hamma kurashishi kerak. Oʻylaymanki, biz mazkur sammitda buning uchun yaxshi turtki berdik. Bu saʼy-harakatlarni boshqa davlatlar qoʻllab-quvvatlashiga chaqiraman”,- dedi Erdogon.

  Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Suriyadagi siyosiy tuzum Suriya xalqining ishi ekanligi, saylov uchun shart-sharoitlar yaratishda ularga yordam berish kerakligini aytib oʻtdi.

 “Mustaqil, biroq xalqaro hamjamiyat bosimi bilan hamjihat boʻlgan hukumatni olqishlash kerak va men buni qayta-qayta taʼkidlayman”,- dedi Makron.

 U shuningdek, Idlibda harbiy operatsiya oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligini aytib oʻtdi va bunday xatti-harakat qochqinlarning yangi oqimi yuzaga kelishiga sababchi boʻlishini aytdi.

 Bir vaqtning oʻzida Frantsiya prezidenti umumiy ustuvor vazifa Suriyada terrorchilikka qarshi kurash ekanligini eslatib oʻtdi. U “urush mamlakatlarimizga hujum qilayotgan va oʻlimga sabab boʻluvchi teraktlar uyushtirayotgan jangarilarga qarshi boʻlayotgani”ni qayd etdi.

 Germaniya, Frantsiya, Turkiya va Rossiya yetakchilari Idlibda uzoq muddatli asosdagi sulh saqlash majburiyatini olishganini GFR kantsleri Angela Merkel aytib oʻtdi.

 “Galdagi gumantar falokatlar sodir boʻlmasligi uchun barcha ishni amalga oshirish boʻyicha majburiyatlar bor. Turkiya va Rossiya 17 sentyabr kuni Idlibda sulhga erishish borasidagi ishni kelishib olishgani yaxshi yangilik boʻldi. Biz bugun bu kelishuv metin va uzoq muddatli sulhga aylanishi qoʻlimizdan kelgan jamiki ishni qilish majburiyatini oʻz zimmamizga oldik”,- dedi Merkel.

 Suriyadagi taranglikning yakuniy yechimi BMT shafeligi ostida faqat siyosiy yoʻl bilan hal etilishi kerak, dedi Germaniya kantsleri.

 “Muhim masalalar boʻyicha umumiy kommyunikeni maʼqullay olganimiz muammolarni yechishda umumiy iroda mavjudligidan darak beradi”,- dedi u.

Turkiston:

Yuqoridagi ikkiyuzlamachi davlat rahbarlari Suriyaning siyosiy muammosini Suriya fuqorolarining oʻzlari hal qilishlari kerak degan xulosani aytishyapti. Lekin Suriya xalqi islomiy hayotni tanlagani uchun ularning boshiga shu kungi holatni solishdi. Shu kungacha olib borishgan qatliommlari ham Musulmonlarning mabdaʼiy fikr tuygʻularini zaiflashtira olmadi. Aksincha kufrga boʻlgan nafratning oshib borishi ulardagi islomiy tuygʻularini yuqori choʻqqiga olib chiqdi. Kufr olamini birlashtirib turgan yagona robita mana shu islomiy mabdaiy fikrning va kufrga nisbatan islomiy nafratning kuchayib borayotganidir!

 Kufr sistemasi Suriya fuqorolarining tanlovlari kufrga qaytmaguncha rozi boʻlishmaydi! Bundan tashqari kufr yetakchilarining yoki tomonlarning har biri mintaqada oʻz manfaatlariga ega. Bular ham oʻz maqsadlariga erishish yoʻlida har qanday iflos amaliyotlardan toyishmaydi! Bularning harakatlari aytilayotgan chiroyli gaplariga zid boʻlib, maqsadlari undan ham qabih va jirkanchliroqdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.