Daʼvat haqidagi savolga javob
Savol: Qirgʻiziston hokimiyati imomlar va boshqa islomiy jamoalarni xavfsizlik kuchlari bilan birlashtirib, hamkorlikda ish olib bormoqchi boʻlyapti. Ular birgalikda musulmonlarni hatto ibodatga, odob axloqqa chaqiryapti. Shuningdek milliylik, vatanparvarlik va hokimiyatga itoat qilishga chaqiryapti. Bularga qanday munosabatda boʻlish kerak? Baʼzi joylari notoʻgʻri, lekin foydali tomonlari ham bor.
Javob: Alloh musulmonlarga daʼvatni farz qildi. Lekin Alloh behojat zot ekanligidan, u bizning daʼvatimizga ham, ibodatlarimizga ham muxtoj emas. Demak daʼvat biz uchun Alloh tomonidan qoʻyilgan navbatdagi sinov, imtihon boʻldi! Har bir amal uchun Alloh tomonidan uni bajarish tartiblari belgilangani singari, daʼvatga ham Paygʻambarimiz s.a.v. koʻrsatib bergan siyratlariga muvofiq tariqat hukmlarini joriy qildi. Xuddi namoz vaqtlarini va arkonlarini ham sharʼiy hukm qilib belgilangani kabi. Yaʼni daʼvat ham xuddi namoz singari Paygʻambarimiz s.a.v. koʻrsatib bergandek sunnatga hamda oʻz tariqati va, shariy hukmlariga muvofiq ado etilishi vojib!
Paygʻambarimiz s.a.v.ga Quraysh kofirlari “bir kun sening dining bilan, bir kun bizning din bilan hukm qilaylik” degan taklif bilan chiqishdi. Shunda Alloh Taolo Rosululloh s.a.v.ga “(Ey Muhammad), ayting: Ey kofirlar! Men sizlar ibodat qilayotgan narsalarga ibodat qilmasman. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qilguvchi emasman. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar. Sizlarning diningiz oʻzlaringiz uchun, mening dinim oʻzim uchundir!” degan oyatni nozil qildi. Boshqa bir hodisada Paygʻambarimiz s.a.v.ga Quraysh kofirlari “Agar rahbarlikni xohlayotgan boʻlsang, oʻzimizga boshliq qilib olaylik, agar boylikni xohlayotgan boʻlsang, mol dunyo yigʻib beraylik, agar istaging ayollar boʻlsa, istaganingni tanla, senga uni nikohlab beraylik” degan taklifni qoʻyishdi. Rosululloh s.a.v. esa, “Bir yelkamga quyoshni, bir yelkamga oyni qoʻysalaring xam bunga rozi boʻlmayman, Alloxning aytgani boʻladi yo men shu yoʻlda oʻlaman” deya javob berdilar. Paygʻambarimiz s.a.v.ning kufr bilan muomalalaridagi bu munosabat biz uchun daʼvat strotegiyamizni belgilashdagi asoslardan boʻlib, kufr bilan Islomni bir biri bilan aralashtirib boʻlmasligiga yaqqol dalildir.
Paygʻambarimiz s.a.v.ning kufr bilan muomalalaridagi bu munosabat biz uchun daʼvat strotegiyamizni belgilashdagi asoslardan boʻlib, kufr bilan Islomni bir biri bilan aralashtirib boʻlmasligiga yaqqol dalildir.
Kufr qoʻl ostida daʼvat olib borish mumkin, lekin u bilan hamkorlikda daʼvat olib borib boʻlmaydi! Yaʼni musulmonlarni ibodat qilishlari uchun kufrni rozi qilishga yoki islomiy qadriyatlarni roʻyobga chiqarish uchun kufr hayotiga rozi boʻlib yashashga chaqirib boʻlmaydi. Daʼvat olib borayotib, kofirlar himoyasi ostida boʻlish mumkin. Chunki kufr hukmi ostida qanday yashash va ular bilan qanday muomila qilish kerakligi haqida sharʼiy hukmlar mavjud. Paygʻambarimiz s.a.v.ning Makkadagi hayotlari shu kundagi bizning hayotimiz uchun sunnat, yaʼni tariqat boʻlib, davatni shu siyratlaridan olingan tariqat hukmlariga muvofiq olib borishdan masʼulmiz.
Demak daʼvat Allohga maqbul boʻlishi uchun uning voqeʼlikda faqat manfaatli boʻlishining oʻzi kifoya qilmaydi. Balki davat ijtihod asosida Allohning Rosuli s.a.v. koʻrsatib bergan sharʼiy tariqatiga mos holda olib borilishi vojib. Aks holda daʼvatni, xuddi namozni har birimiz oʻzimizga mos kelgan arkonlar oʻylab topib ado etganimizdek manfaatsiz, keraksiz ibodatga aylantirib olamiz, Alloh saqlasin!
Qirgʻiziston hokimiyati ham kufr bilan hukm yuritayotgan davlat boʻlib, u bilan olib borayotgan muomalamiz ham shunga muvofiq boʻlishi shart! Islomni hayotga muvofiqlashtirish yoki kufrga manfaatli qilib, musulmonlarni unga tobeʼ qilib berish uchun olib borilayotgan har qanday harakatlar inkor qilinadi! Islom bilan kufr aralashgan hayot yoki daʼvat ham kufr deb eʼtibor qilinadi!
Abdurazzoq.