Xitoylarga qarshi chiqqanlarni militsiya qamoqqa oldi
Batken viloyati Qadamjoy tumanidagi Shambesoy oltin koni faoliyati atrof muhitga salbiy taʼsir koʻrsayotganiga qarshi 23-oktyabr kuni norozilik bildirib chiqqan odamlarni militsiya qoʻlga oldi.
Mutaxassislar hisobiga koʻra Shambesoyda tahminan 8 tonnaga yaqin oltin bor. Konda tadqiqot olib borish ishlari 2007-yilda boshlanib, 2012-yilda undan foydalanish boʻyicha litsenziya berilgan. Ayni vaqtda kondan foydalanishga Xitoyning “Tiandi” kompaniyasi ruxsat olgan. Xitoylik konchilarning qazib olish ishlarida atrof muhitga jiddiy zarar yetkazayotgani odamlarning haqli eʼtiroziga sabab boʻldi.
Ammo hokimiyat vakillar va kuch organlari mahalliy aholi eʼtirozlariga quloq solish oʻrniga ularga qarshi kuch ishlatib, hatto yosh ulugʻ ayollarni ham majburan sudrab, odamlarni kuch bilan tarqatib yubordi. Kuch organlari oʻzlarini hukumat buyrugʻini bajaryapmiz deb oqlashlari mumkin. Ammo ularning vazifasi xalqni xorlash emas, himoya qilish ekanligini unitmasliklari zarur.
Maʼlumki, Qirgʻizistonning iqtisodiy ahvoli juda qiyin vaziyatda boʻlib, davlat qarzi YaIMning qaryib 60 foizini tashkil qilyapti. Qirgʻizistonning asosiy qarzi esa Xitoydan boʻlib, hukumat Xitoy kompaniyalariga oʻz hududida erkin faoliyat olib borishga sharoit yaratib beryapti. Xitoyning bunday bosqinchilik siyosatiga qarshi oʻtgan oyda mamlakat kelajagiga befarq boʻlmagan bir guruh musulmonlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda “Biz Xitoy bosqiniga qarshimiz” deb nomlangan aktsiya uyushtirilgan va bu aktsiya xalq tomonidan iliq kutib olingan edi.
Agar shu ketishda boʻladigan boʻlsa yaqin kelajakda Qirgʻizistonni davlat sifatida saqlanib qolishi savol ostida qoladi. Chunki, Xitoyga bergan qarzlarini pul koʻrinishida emas, yer va tabiiy boyliklar hisobiga qaytarib olish manfaatli. Bunga Xitoy Tojikistondan qarzi evaziga Togʻli Badahshondagi yerlaridan bir qismini tortib olgani misol boʻla oladi.
Ey, Qirgʻiziston xalqi! Bu yer, musulmonlar yurti boʻlgan bu mamlakat sizu bizlar uchun omonat! Biz oʻz yerimizni Xitoy bosqinidan saqlab qolishimiz zarur. Xitoy bilan kelishuv tuzayotgan hamda ularga Qirgʻizistonda emin-erkin faoliyat olib borishga, ekologiyani xohalangcha bulgʻashlariga imkoniyat yaratib berayotgan hukumatdan Xitoy bilan har qanday aloqalarni uzishni talab qilaylik!
Investitsiya kiritish bahonasida xitoy xanlarini mamlakatimizga kirib kelib oʻrnashishlariga yoʻl qoʻymaylik! Holbuki, investitsiya yotqizish iqtisodiy mustamlaka qilish vositasi boʻlib, Xitoyni bizning yerlarni bosib olishi uchun qoʻllayotgan makkarona siyosatidan boshqa narsa emas. Agar biz bugun bunga qarshi turmasak, ertaga kech boʻladi. Yaqin kelajakda Sharqiy Turkistondagi uygʻur, qozoq, qirgʻiz musulmonlari boshiga tushayotgan sinov va balolar bizning ham boshimizga tushib qolishi mumkin. Bundan Alloh saqlasin.