Pekin: Moskva bilan harbiy hamkorligimizga hech kimning aralashishiga yoʻl qoʻymaymiz
Xitoy Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Gong Xuan Yu harbiy sohada Xitoy va Rossiya oʻrtasidagi hamkorlik toʻliq qonuniy ekanini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, AQShning sanktsiyalariga qaramay, Xitoy uni jadal suratda kuchaytirishni davom ettiraveradi va Pekin Moskva bilan harbiy hamkorlik qilganligi bahonasida unga qarshi qoʻllangan sanktsiyalarni qatʼiyan rad etadi.
“Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlik huquqiy va tamoman xolisdir hamda Rossiya va Xitoy manfaatlariga mos keladi, Mintaqada barqarorlik va tinchlikni taʼminlashda ijobiy rolь oʻynaydi. Hech kimning bu hamkorlikka aralashishiga yoʻl qoʻymaymiz”, dedi Xuan Yu matbuot anjumanida.
“Shuning uchun men bu yerda taʼkidlab oʻtmoqchimanki, Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi harbiy va tijoriy sohada hamkorlik hamda mudofaa sohasidagi hamkorlik avvalgidek davom etaveradi. Har ikki tomon oʻz harakati bilan shugʻullanishi uchun zaruriy mexanizmlarni oladi”, deb qoʻshimcha qili u.
Oʻz navbatida AQSh prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jon Bolton hozirgi asrda Xitoy Amerika uchun asosiy muammo ekanini bildirdi. Boltonning aytishicha, Pekin AQSh harbiy xizmatchilarining hayotiga tahdid solmoqda, Vashington esa buni qabul qila olmaydi.