Tramp: OPEK butun dunyo boʻylab talonchilik qilmoqda

1062
0

Tramp: OPEK butun dunyo boʻylab talonchilik qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp OPEK tashkilotini dunyoning qolgan davlatlarida talonchilik qilishda aybladi va uni neftь narxlarini oshirishdan tiyilishga chaqirdi.

“OPEKga aʼzo davlatlar odatdagidek dunyoning boshqa davlatlarini talon-taroj qilmoqda va men buni yoqtirmayman”, dedi Tramp Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida soʻzlagan nutqida.

“Biz bu mamlakatlarning koʻpchiligini himoya qilamiz va buning evaziga uladan hech narsa talab qilmaymiz. Ular esa bizdan foydalanishadi va biz uchun neftьning yuqori bahosini belgilaydi, bu yaxshi emas”, deya qoʻshimcha qildi u.

AQSh prezidenti oʻz talablarini quyidagicha ifodaladi: “Biz ulardan narxlarni oshirishdan toʻxtashlarini istaymiz hamda ulardan narxlarini tushirishni boshlashlarini talab qilamiz. Ular harbiy himoya uchun hozirdanoq sezilarli hissa qoʻshishlari kerak. Biz ularning yuqori narxlar belgilashlariga qarab tura olmaymiz”.

 Amerika Qoʻshma Shtatlari global energiya ishlab chiqaruvchi yirik davlatga aylanganligiga ishora qilgan Tramp, AQShning neftь, koʻmir va tabiiy gaz eksport qilish tayyor ekanini ham taʼkidlab oʻtdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.