AQSh prezidenti Germaniyani energiya sohasida Rossiyaga “qaram” boʻlib qolishdan ogohlantirdi

449
0

AQSh prezidenti Germaniyani energiya sohasida Rossiyaga “qaram” boʻlib qolishdan ogohlantirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 73 sessiyasida soʻzlagan nutqida nemis hukumatini Rossiyaga “qaram” boʻlib qolishdan ogohlantirdi.  Trampning taʼkidlashicha agar nemis hukumati mamlakat yondashuvini oʻzgartirmas ekan, Rossiyaning energetika resurslariga toʻliq qaram boʻlib qoladi.

“Germaniya oʻz yondashuvini zudlik bilan oʻzgartirmaydigan boʻlsa, Rossiyaga toʻliq qaram davlatga aylanib qoladi”, dedi AQSh prezidenti.

“Energiya resurslari uchun faqat bitta yetkazib beruvchi davlatga suyanib qolgan davlat tovlamachilik va qoʻrqitish qurboniga aylanadi. Oʻzlarining energiyaga boʻlgan ehtiyojini qoplash uchun Boltiq quvuriga chaqirayotgan Yevropa davlatlarini, shu jumladan Polshani ham ogohlantirishimizning sababi mana shudir”, deya qoʻshimcha qildi Tramp.

Tramp nutqi davomida Germaniyaning “Shimoliy oqim 2” loyihasiga yopishib olganligini qayta-qayta tanqid qildi. “Shimoliy oqim 2” loyihasi rus tabiiy gazini Yevropaga uzatish boʻyicha tuzilgan loyihadir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.