Netanyahu muʼtadil musulmonlardan mamnun

1098
0

Netanyahu muʼtadil musulmonlardan mamnun

Yahud bosh vaziri Benyamin Netanyahu arab dunyosidagi ayrim moʻʼtadil davlatlar bilan yahudlar oʻrtasidagi munosabatlar avvalgiga qaraganda juda yaxshi rivojlanib borayotganligini bildirdi. Netanyahu bu haqida Misr va yahud vujudi oʻrtasida boʻlib oʻtgan jangda halok boʻlgan yahud askarlari xotirasi uchun tayyorlangan dasturda aytib oʻtdi.

“Yaqin Sharq xavf-xatar bilan toʻlgan. Biroq chiroq nurlari ham bor. Moʻʼtadil arab dunyosi bilan aloqalarimiz misli koʻrilmagan darajaga yuksalishda davom etyapti. Katta davlatlar Isroil bilan munosabatlar qiymatini tobora koʻproq his etib bormoqda”, dedi Netanyahu 1973 yili boʻlib oʻtgan Kippur urushi haqida soʻzlagan nutqida.

Isroil bilan moʻʼtadil arab davlatlari oʻrtasidagi yaqinlashuvning izchil rivojlanib borayotganligni bildirgan Netanyahu soʻzlarini shunday davom ettirdi:

“Bu bir oz vaqt talab qilishi mumkin, lekin hozirgi bosqichma-bosqich yaqinlashuv aniq mevalarini berishiga va odatiy holga aylanishiga, keyin esa tinchlikni vujudga keltirishiga ishonaman”.

Yahud matbuoti Netanyaxuning ismini zikr qilmagan holda, u “moʻʼtadil” deb taʼriflagan mamlakatlar Fors koʻrfazi davlatlaridan iboratligi, xususan bular orasida Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Saudiya Arabistoni birinchi oʻrinda turishi haqida yozib chiqdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.