Duda: AQSh Polshada doimiy baza qurishi kerak

315
0

Duda: AQSh Polshada doimiy baza qurishi kerak

AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda uchrashgan Polsha prezidenti Andjey Duda AQShni Polshada doimiy harbiy baza qurishga chaqirdi. Dudaning taʼkidlashicha, u Polshada quriladigan AQSh bazasini mamnuniyat bilan qabul qiladi bildirdi va bu bazaga “Tramp qalʼasi” degan nom beriladi.

“Mamlakatimizda AQSh harbiylarining mavjudligi juda muhim. Biz buni amalga oshirishimizga ishonaman. Bu qaror Polsha va AQShning manfaatlariga mos keladi deb oʻylayman”, dedi Duda.

“Trampga bu borada kafolat berdim”, “birinchi va eng muhim nuqta: agar doimiy AQSh bazasi mavjud boʻlsa, Rossiyaning mintaqadagi oʻz faoliyatini jadallashtirishi, Yevropaning bu mintaqada harbiy vujudini kuchaytirishi va xavfsizlik masalasi tahlika ostiga tushib qolish holati yuzaga kelishi haqida gap boʻlmaydi”, deya qoʻshimcha qildi Duda.

AQSh prezidenti Tramp ham Polsha bilan harbiy aloqalarni mustahkamlashini, ammo Polshada doimiy harbiy bazani tashkil etish haqida Duda bilan oʻzaro gaplashib olishini bildirdi.

“Prezident Duda bilan ikki tomonlama harbiy aloqalarni mustahkamlashga kelishib oldik. Harbiy, razvedka, mudofaa, texnologiya va taʼlim sohalarida aloqalarni mustahkamlaymiz”, dedi Tramp.

Polshada doimiy AQSh bazasini tashkil qilish masalasida hali hech qanday qarorga kelmaganligini bildirgan Tramp Polsha bu baza uchun AQShga 2 mlrd dollar taklif taklif qilganligini taʼkidladi.

“Polsha oʻz hududida bizning mavjudligimiz uchun AQSh iqtisodiga jiddiy hissa qoʻshishga tayyordir. Agar ular shunday qilishga tayyor boʻlsa, albatta bu masalada gaplashib olishimiz mumkin va buni jiddiy oʻrganib chiqamiz. Polsha bu fikrni sevishini bilaman va biz ham buni eʼtibordan chetdan qoldirmaymiz”, dedi Tramp.

Rossiya esa bunday oʻzgarishlar Sharqiy Yevropaning barqarorligiga putur yetkazishi haqida ogohlantirib keladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.