Abdusalom Azizov: Biz dushmanni qaytarishga tayyormiz

866
0

Abdusalom Azizov: Biz dushmanni qaytarishga tayyormiz

 Oʻzbekiston va Tojikiston harbiy kuchlarining oʻquv-mashgʻulotlari biz dushmanni qaytarishga tayyor ekanligimizni koʻrsatdi, dedi Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayyor Abdusalom Azizov Tojikistonning Sorruxdaron poligonida boʻlib oʻtgan oʻzbek-tojik harbiy oʻquv mashgʻulotlari soʻnggida. Bu haqida “Sputnik” xabar qildi.

 Vazir aytishiga qaraganda 5 kun davom etgan oʻquv-mashgʻulotlari ikki doʻstona armiya tarixida ilk bor oʻtkazilgan manyovrlar boʻlib, u tarixiy ahamiyatga ega.

 “Bugungi kunda dunyo va Markaziy Osiyo hududidagi vaziyat, xalqaro terrorchi guruhlar faolligining ortishi – bizni hushyor boʻlishga, qurolli kuchlarimizni doimo jangovar shay holatda turishga majbur qiladi. Biz yagona hududda yashaymiz, shuning uchun faqatgina birgalikda qilingan doʻstona harakatlar va harbiy qismlarning oʻzaro hamkorligi natijasida, biz terrorizmga qarshi chiqishimiz va uni yengishimiz mumkin”, – dedi Abdusalom Azizov.

 Tojikiston mudofaa vaziri oʻz navbatida bugungi kunda Afgʻoniston shimolidagi vaziyat alohida xavotir uygʻotayotganini xabar qildi.

 “U yerda terrorchilar guruhlarining faolligi hamda “IShID” jangarilarining toʻplanishi kuzatilmoqda. Milliy xavfsizlikka qarshi paydo boʻlayotgan chaqiriqlar va terrorchilik misli koʻrilmagan darajada faolllashgan sharoitida, hech bir mamlakat ularga bir oʻzi qarshilik koʻrsata olmaydi. Bunday vaqtda hududdagi kuchlarni birlashtirish muhim ahamiyatga ega. Tojkiston va Oʻzbekiston respublikalari Markaziy Osiyoga  kirish istehkomlari hisoblanadi. Davlatlarimiz rahbarlari Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlik oʻrnatish uchun qoʻllaridan kelgan barcha ishlarni qilmoqda. Shu bilan bir vaqtda biz terrorchilikning barcha yoʻnalishlariga qarshi kurashni kuchaytirmoqdamiz”, – dedi Sherali Mirzo.

 Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Tojikiston harbilarining qoʻshma oʻquv mashgʻulotlari 17 sentyabr kuni Tojikistondagi “Nurafshon” oʻquv markazida boshlangan edi. 600 ga yaqin harbiylar ishtirok etgan oʻquv mashgʻulotlari 22 sentyabrga qadar davom etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.