Xitoy bosqiniga qarshimiz!!!

992
0

Xitoy bosqiniga qarshimiz!!!

 Soʻnggi bir hafta mobaynida Qirgʻiziston zamini bosqichi Xitoy hukumati tomonidan yuborilgan delegatsiyalardan boʻshamay qoldi. Avvaliga xitoylik tarixchi olimlar qirgʻiz tarixini oʻrgani uchun kelgan boʻlsa, keyin Xitoy din ishlari boʻyicha qoʻmitasi Qirgʻizistondagi diniy vaziyatni oʻrganish va oʻz taklif-mulohazalarini bildirish uchun “tashrif buyurishdi” Ular Qirgʻizistondan joʻnab ketmay turib, Xitoy harbiy delegatsiyasi keldi va shaxsan prezident tomonidan qabul qilindi. Xitoy delegatsiyalari nima sababdan “boʻzchining mokkisidek” Qirgʻizistonga qatnab qolishdi.

 2018-yanvar oyidagi maʼlumotlarga koʻra, Qirgʻizistonning davlat qarzi 4 milliard 624 millon dollarni tashkil qildi. Bu qarzni asosiy qismi Xitoydan olingan boʻlib, 1 milliard 711 million dollarni tashkil qiladi va 2024-yildan boshlab Xitoyga qarzini toʻlashni boshlashi zarur. Ammo Qirgʻiziston iqtisodining bugungi ahvoli buni koʻtara oladimi yoki yoʻqmi, bunisi savol ostida. Xitoy esa bergan qarzini pul koʻrinishida emas, balki yer va tabiiy boyliklar evaziga qaytarib olishdan manfaatdor.

 Xitoyning bu bosqinchilik rejasiga qarshi va Xitoyni Qirgʻiziston ichki ishlariga aralashishiga shart-sharoit yaratib berayotgan rasmiy hukumatning harakatlaridan havotirga tushgan Qirgʻiziston musulmonlari “Biz Xitoy bosqinchiligiga qarshimiz”, deb nomlangan aktsiya uyushtirib, Qirgʻiziston, shu jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari kelajagi uchun beparvo boʻlmagan odamlarni oʻz aktsiyalarni qoʻllab-quvvatlashga chaqirshmoqda!!!

 Bundan tashqari barchamizga maʼlumki, bir necha oʻn yillar mobaynida xudosiz Xitoy hukumati Sharqiy Turkistondagi uygʻur musulmon birodarlarmizni quvgʻin qilib, qamoqqa tashlab, uy-joylaridan majburan koʻchirib, diniy ibodat va marosimlarni bajarishdan toʻsib kelayotgan edi. Ammo dahriy Xitoy hukumati bu bilan kifoyalanib qolmadi va uygʻur musulmonlaridan aroq ichish, toʻngʻiz goʻshti yeyish va oʻz eʼtiqodlaridan qaytishni talab qilib, muslima singillarimizni  najas xanlar bilan oila qurishga majburlay boshladi. Millionlab uygʻur birodarlarimizni maxsus “qayta tarbiyalash” kontslagerlarga tashladi va yuzlab musulmonlarni jismonan yoʻq qildi… Olamiy kufr sistemasi va halqaro hamjamiyat esa Xitoyning bu ishlariga koʻz yumib kelayotgan boʻlsa, musulmon yurtlar rahbarlari sukut saqlash orqali oʻz roziliklarini izhor qilishmoqda.

 Ey, musulmonlar!

 Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm ham qilmaydi, uni tashlab ham qoʻymaydi. Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning tashvishni aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh Qiyomat kunida uning aybini berkitadi , dedilar. (Buxoriy va Muslim rivoyati).

 Dahriy Xitoy hukumatining uygʻur birodarlarmizga qarshi olib borayotgan qatagʻonini jim turib kuzatish, bunga beparvo munosabatda boʻlish bizlar uchun harom! Biz oʻz imkoniyatlarimizni ishga solib, rasmiy hukumatlardan Xitoyga bosim oʻtkazish, u bilan savdo-sotiq ishlari va har qanday aloqalarni toʻxtatishlarini va uygʻur birodarlarimizda iflos qoʻllarini tortishini talab qilaylik!!!

Uygʻur birodarlarimizga yordam beraylik!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.