Xitoy razvedkasi Markaziy Osiyo respublikalarida uygʻurlarni ovlamoqda

1068
0

Xitoy razvedkasi Markaziy Osiyo respublikalarida uygʻurlarni ovlamoqda

Xitoy oʻzining moliyaviy qudratidan foydalanib, iqtisodi nochor mamlakatlarning ichki ishlariga aralashuvini davom ettirmoqda. “Uyghurnet” axborot agentligi tarqatgan xabarga koʻra, Xitoyning maxfiy politsiyasi (En Chuyentung) Markaziy Osiyo mamlakatlarida, xususan Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda Sharqiy Turkistonlik musulmonlarga qarshi maxfiy operatsiyalar oʻtkazib, u yerda istiqomat qilib yurgan musulmonlarni yashirincha oʻgʻirlab Xitoyga olib ketmoqda. Xitoyda esa ularni soxta ayblovlar bilan oʻlim jazosi yoki uzoq yillik qamoq jazosi kutadi. Ularning bu razil ishlarida mahalliy militsiyaning yordami katta.

Qirgʻiziston ham Xitoydan moliyaviy qarzdor boʻlgan davlatlardan biridir. Shu sababli, Xitoy soʻnggi yillarda Qirgʻizistonda siyosiy ishlarda ham juda faolashib borayotgani kuzatilmoqda.

Qirgʻiziston poytaxti Bishkekdagi Madina bozorida uygʻur ishbilarmonlari va savdogarlari yillar davomida Xitoydan olib kelingan mahsulotlarni sotish orqali sezilarli iqtisodiy kuchga erishgan edi. Biroq, soʻngi olingan maʼlumotlarga koʻra, har kuni bozordan ulardan biri oʻgʻirlab ketilayotgani aytiladi. Bozorda ularga qarashli doʻkonlarning soni ham kamayib ketmoqda.

Avvalroq Xitoyning iltimosiga koʻra Misrda ikki yuzga yaqin uygʻur talabalari qoʻlga olingan va ularning aksariyati Xitoyga qaytarilgan edi.

Xitoy Markaziy Osiyoda moliyaviy qudratiga tayanib hali juda koʻp masalalarda mintaqa davlatlarining ichki ishlariga aralashishi kutilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.