Guterresh Afgʻonistonda oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Afgʻonistondagi otishmani zudlik bilan toʻxtatishga va u yerda muzokaralar jarayonini boshlashga chaqirdi, deyiladi bosh kotib rasmiy vakili Stefan Dyujarrik bayonotida. Bu haqida RIA “Novosti” xabar qilmoqda.
Afgʻoniston sharqida 10 avgustdan buyon hukumat va “Tolibon” harakati oʻrtasida toʻqnashuvlar roʻy bermoqda. Afgʻoniston Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bir necha kun ichida 400ga yaqin jangarilar yoʻq qilindi. Shuningdek, qonli toʻqnashuvlar vaqtida 100 ga yaqin kuch vakillari va 20dan 35 nafar atrofida tinch aholi halok boʻlgan.
“Bosh kotib oʻt ochilishi zudlik bilan toʻxtatilishi va mojaro ishtirokchilari oʻrtasida barqaror tinchlik borasida kelishib olish uchun muzokaralar boshlanishi zarurati haqida qayd etmoqda”, – deyiladi bayonotda.
U navbatdagi bor, u yerdagi masalada harbiy yechim yoʻqligini taʼkidlab, “Barcha afgʻonlar uchun barqaror va porloq kelajak yaratish manfaati yoʻlida” shoshilinch tartibda mojaroni tinchlik yoʻli bilan hal etishga chaqirdi.
Bayonotda mojaro ishtirokchilari aholi va tinch obʼektlarni oʻz zarbalari nishoni ostiga olib, xalqaro insonparvarlik qonunchiligini ochiqchasiga buzishayotgani aytib oʻtilgan.
“Kurashuvchi tomonlar jangovar harakatlar oqibatida tinch aholi halok boʻlishi yoki jarohat olishi mumkin boʻlgan holatlarni istisno etishlari va Gʻaznigacha gumanitar yordam tezlik bilan hamda toʻsiqlarsiz yetkazib berilishini taʼminlashlari lozim”, – deyiladi press-ofis bayonotida.