AQSh va Xitoy oʻrtasidagi savdo urushi yangi darajaga chiqdi

849
0
An American flag is flown next to the Chinese national emblem and flags during a welcome ceremony for visiting U.S. President Donald Trump outside the Great Hall of the People in Beijing, Thursday, Nov. 9, 2017. President Donald Trump sought to present a united front with Chinese President Xi Jinping following two days of meetings Thursday, despite lingering differences over trade and North Korea. (AP Photo/Andy Wong)

AQSh va Xitoy oʻrtasidagi savdo urushi yangi darajaga chiqdi

 Xitoy tijorat vazirligi tomonidan eʼlon qilingan bayonotga koʻra, Xitoy Jahon savdo tashkilotiga (JST) Vashingtonga qarshi daʼvo bilan murojaat qildi.

 Bu daʼvo AQSh tomonidan fotoelementlar va quyosh batareyalari importiga nisbatan qoʻllanilgan 30 foizlik bojlarga javob boʻlib, ular nafaqat Xitoyning qonuniy huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazgan, balki JST qoidalari va printsiplarining ishonchliligi hamda jiddiyligiga ham taʼsir koʻrsatdi, deya taʼkidlaydi idora.

 Vazirlikning xulosasiga koʻra, AQSh hukumati aniq harakatlarni amalga oshirishi, JST qoidalarini hurmat qilishi va ularga rioya etishi, shuningdek, savdo sohasini normal darajaga qaytarish uchun notoʻgʻri harakatlardan tiyilishi kerak.

 Qoʻshma Shtatlar va Xitoy oʻrtasidagi savdo aloqalari 2018 yil boshida keskinlashib ketdi. Buning sabablaridan biri AQSh prezidenti Donalьd Trampning savdo taqchilligi yuqori darajada ekanidan noroziligi boʻlib, shundan keyin u Xitoy tovarlariga nisbatan protektsionistik choralar joriy etilishini eʼlon qildi. Davlatlar umumiy qiymati 100 milliard dollardan ortiq miqdordagi bir-biriga import cheklovlari joriy etdi.

Turkiston:

AQShning Xitoyga qarshi siyosiy kurashi olamiy iqtisodiy beqarorliklar keltirib chiqarishi kutilyapti.

AQSh oʻzining uzoq yillik Rossiyani qulatish asosida tuzgan strotegiyasi bilan, uni olamiy yetakchilikdagi oʻziga raqib boʻla oladigan mavqeʼidan tushira oldi. Bu ishni amalga oshirishda AQSh oʻzi yetakchilik qilib kelayotgan olamiy siyosiy hamda iqtisodiy global boshqaruv sistemasidan foydalanib kelmoqda. Shu kunlarda u Rossiyaning bir necha oʻnlagan yirik kompaniyalariga sanktsiya joriy qilishi haqidagi qarorini eʼlon qildi.

Xitoy va AQSh oʻrtalaridagi iqtisodiy kelishmovchiliklarning kelib chiqish sababi, Rossiyaga qarshi, uni parchalab yuborish maqsadida AQShning olib borayotgan uzoq yillik strotegiyasiga aloqadordir. Rossiya Xitoyni xalqaro siyosat maydonida yetakchi davlatlar safida oʻzi uchun yordamchi siyosiy quvvat sifatida tutib kelar edi. Endi esa vaziyat teskari tomonga oʻzgarib boryapti, yaʼni endi Xitoy Rossiyani oʻzi uchun qulay sherik sifatida xalqaro siyosatda ushlab qolishi mumkin. Oxirgi yillarda Rossiya iqtisodiy inqiroz holatini boshidan kechirib kelyapti. U oʻzining jamgʻarma fondidan byudjeti va fuqorolarni dotatsiya qilib, shu kungacha xalqini iqtisodiy holati va yashash darajalarini sunʼiy ushlab keldi. Rossiyaning jamgʻarma fondi deyarli tugadi. Endi unga qarshi har qanday iqtisodiy chora va sanktsiyalar juda yomon sezilarli taʼsir koʻrsatadi.

AQShni xavotirga solgan vaziyat, Rossiyani bu holatidan chiqarib yuborishi mumkin boʻlgan yagona davlat Xitoy boʻlib qoldi. Dunyoda deyarli eng tabiiy resurslarga boy davlat Rossiya boʻlsa, uni resurslarini qayta ishlab chiqarish imkoniyatiga ega eng qulay davlatlardan biri Xitoy boʻlib qoldi. Ahamiyatlisi shundaki, Xitoy xomashyo resurslar taqchilligidan qiynalayotgan boʻlsa, Rossiya aksincha, xomashyolarni qayta ishlashda moliyaviy imkoniyatlari taqchilligidan qulab boryapti. Agar bu ikki qudratlik davlat birlashib, oʻz imkoniyatlaridan toʻgʻri foydalangan holda, Xitoy orqalik Hindiston bozorlarini egallab olishsa, Gʻarb olamiy iqtisodiy yetakchiligi deyarli barham topgan boʻlar edi. 

Shundan kelib chiqib, AQSh Xitoyga bosim oʻtkaza boshladi. Uni oʻzi uchun olamiy iqtisodiy raqib sifatida koʻrib, Xitoyni Rossiya bilan har qanday muomilasini xuddi oʻzining ichki ishiga aralashgandek baholay boshladi. Xalqaro siyosatdagi vaznidan foydalanib, barcha siyosiy, harbiy, iqtisodiy imkoniyatlari bilan Xitoy va Rossiyaga qarshi kurash choralarini amalda qoʻllab boryapti. Natijada bu kurashdan boshqa davlatlar ham jabr koʻrmoqda.

Moddiy manfaatdan boshqa hech qanday qiymatlarni hisobga olmaydigan olamiy kapitalistik boshqaruv sistemasida, har bir davlat oʻzining faqat moddiy manfaatini koʻzlab ish olib boradi. Moddiy manfaatlar olamiy siyosatdagi kuch quvvatga bogʻliq ekanligi bois bu davlatlar doimiy bir birlariga nisbatan siyosiy va harbiy kelishmovchiliklar bilan yashaydi. Bir birlariga qarshi urush qilish, kuchlilari zaiflarini toʻnash, ularni sunʼiy zaiflashtirib borish siyosatini qoʻllash kabi jirkanch amaliyotlar bilan hayotimizni doimiy beqaror holatda ushlab turishadi. Aslida hayot ular bizga chizib berayotganidek murakkab emas! murakkablik ular tomonidan sunʼiy paydo qilinayapti! Farovonlik faqat ularni ustimizdan uloqtirish ortida ekanini anglab qolmasligimiz uchun shunday qilishmoqda! Dunyoni, ilohiy boshqaruv asosga qurilgan, har bir insonni birdek baholay oladigan boshqaruv sistemasiga qaytarish kerak. Bu sistema faqat islomiy Xalifalik davlati ijrosi bilan amalga oshiriladi insha Alloh!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.