Qozogʻiston: Kaspiy dengizi qirgʻogʻida hududi boʻlmagan davlatning dengiz ustida bazasi boʻlmaydi

1863
0

Qozogʻiston: Kaspiy dengizi qirgʻogʻida hududi boʻlmagan davlatning dengiz ustida bazasi boʻlmaydi

Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanov Kaspiy dengizi mintaqasida Amerika Qoʻshma Shtatlariga oid harbiy baza barpo etish rejasi haqidagi daʼvolarni rad etdi. Unga koʻra, bu haqida hech qanday loyiha tuzilmagan.

Abdrahmanovning taʼkidlashicha, Kaspiy dengizi qirgʻogʻida hududi boʻlmagan hech bir davlatning dengiz ustida harbiy kuchi boʻlmaydi. Bu haqida Aktau shahrida boʻlib oʻtagan sammitda imzolanishi rejalashtirilgan shartnomada koʻrsatilgan.

“Qoʻshma Shtatlarining yoki boshqa biror mamlakatning Kaspiy dengizida harbiy bazasini barpo etish haqida gap-soʻz boʻlgan emas”, dedi u.

Kreml tarafidan berilgan bayonotda 1996 yildan beri ustida ish olib borilayotgan Kaspiy dengizining maqomiga nisbatan shartnoma, Qozogʻistonning Aktau shahrida imzolanishi xabar qilingan edi.

Shuningdek Qayrat Abrahmanovning maʼlum qilishicha,  AQShning Qozogʻiston orqali oʻtayotgan noharbiy yuklari haqida ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlar tarqatgan maʼlumotlar ham asossizdir. AQShning yuklari faqatgina Qozogʻistonning temir yoʻli orqali Afgʻonistonga ketmoqda.

“Afgʻoniston hukumatni qoʻllab-quvvatlash maqsadida amaliyotlarni davom ettirish uchun Qozogʻistonning tijoriy temir yoʻli orqali harbiy tabiatga ega boʻlmagan yuk olib oʻtish haqida gap ketmoqda. Bu xalqaro hamjamiyat uchun zarur narsadir. Ammo Kaspiy dengizida harbiy baza tashkil etish haqida gap-soʻz boʻlgan emas”, dedi Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri.

Abduraxmonov bu yuk bir necha mamlakatlar orqali oʻtishini va xuddi shunday yuk 2010-2015 yillarda Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekistonga joʻnatilganligini ham qayd etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.