Guterres: Byudjetimiz tugab bormoqda

417
0

Guterres: Byudjetimiz tugab bormoqda

BMT Bosh kotibi Antonio Guterres BMTga aʼzo davlatlar va BMTning xodimlariga yoʻllagan maktubida BMTning byudjeti tugab borayotganini bildirib, tashkilot yuz tutgan byudjet taqchilligi muammosiga eʼtibor qaratdi.

Guterres BMT byudjetining 139 milliard dollarlik kamomadi borasida oʻz tashvishini izhor qilar ekan, “Yilning bu paytida byudjetimiz hech qachon bunchalik past koʻrsatgichda boʻlmagan edi, umumiy vaziyat bizni oʻta tashvishlantirmoqda. Pulimiz tugab boryapti”, deya ogohlantirdi.

Sarf-xarajatlarni kamaytirish bilan chora-tadbirlar koʻrishini maʼlum qilgan Guterres “BMT kabi bir tashkilot byudjet taqchilligini boshdan kechirishi mumkin emas. Bundan ham yomonrogʻi, yordamga muhtoj boʻlganlarning chaqirigʻiga javob bermasligimizdir”, deya alohida taʼkidladi.

BMT Bosh Kotibining soʻzchisi Stefan Dujarrik esa mavzuga doir jurnalistlarga bergan bayonotida BMTga aʼzo 193 mamlakatdan faqat 112 nafari Tashkilotga yillik toʻlovlarni amalga oshirganligini bildirdi.

“BMTning ichida mavjud boʻlgan moliyaviy muammolar unga aʼzo davlatlarning toʻlovlarni kech amalga oshirishi yoki hanuz toʻlamaganligidan kelib chiqmoqda”, dedi Dujarric.

BMTga toʻlov toʻlamagan mamlakatlar oʻrtasida tashkilotga eng katta moliyaviy yordam koʻrsatib kelgan AQSh ham bor. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 5,4 milliard dollarlik umumiy byudjetining 22 foizini Qoʻshma Shtatlar taʼminlaydi.

BMTning maʼmuriy va byudjet masalalarida isloh oʻtkazish zarurligini tez-tez tilga olgan va “byudjetga adolat” qilishni takrorlab kelayotgan Tramp hukumati 2018-2019 moliyaviy yilda BMTning byudjetga oʻtkaziladigan qismdan 285 million dollar kamaytirish haqida qaror qabul qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.