“Zenit” raketalar majmuasi Qozogʻistonga beriladi
“Zenit” raketalar majmuasining Qozogʻistonga berilishini yuridik jihatdan mustahkamlovchi hujjatlar 2018 yilning kuzida boʻlib oʻtadigan hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishida imzolanadi. Bu haqda Qozogʻiston mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligining aerokosmik qoʻmitasiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
“Ha, Boyqoʻngʻir majmuasi boʻyicha hukumatlararo komissiyaning boʻlajak oltinchi yigʻilishida “Zenit” kosmik raketa majmuasi obʼektlarini Rossiya Federatsiyasi ijarasi tarkibidan chiqarish boʻyicha dalolatnoma imzolanishi rejalashtirilmoqda”,- deyilgan qoʻmita tomonidan hamda hukumatlararo komissiya yigʻilishi 2018 yil sentyabr-oktyabrida oʻtkazilishi rejalashtirilgani maʼlum qilingan.
Qozogʻiston tomoni mazkur majmuani “Soyuz-5” raketalariga moslab modernizatsiya qilishi va buning uchun 314 million dollar sarflashi taxmin qilinmoqda.