Jeyms Mettis: AQSh Eronda hukumatni almashtirish maqsadida emas
AQSh oʻz oldiga Eronda hukumatni almashtirish maqsadini qoʻymagan. Bu haqda Pentagon rahbari Jeyms Mettis maʼlum qildi, deb xabar berdi Reuters agentligi.
“Bunday maqsad yoʻq. Bizga ularning harbiy salohiyati, maxfiy xizmatlari, shunga oʻxshash muassasalari va shaxslaridan kelib chiqqan holdagi tahdidlariga oid xatti-harakatlarini oʻzgartirishlari zarur”, -dedi Mettis jurnalistlarning bu haqdagi savoliga.
8 may kuni AQSh prezidenti Donalьd Tramp Vashingtonning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini eʼlon qildi.
Tramp Eronga nisbatan nafaqat avvalgi sanktsiyalarni qaytarish, balki yangi cheklov choralarini kiritishga vaʼda berdi. 21 may kuni AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Vashington Tehronga mislsiz bosim oʻtkazishini, xususan agar Eron oʻz siyosiy yoʻnalishini oʻzgartirmaydigan boʻlsa tarixdagi eng qatʼiy sanktsiyalar rejimini joriy etishini bildirdi.