Tojikiston taʼlim vazirligi: Xitoyliklar eng “gʻamxoʻr” qoʻshnilardir!
Tojikiston taʼlim vazirligi xabariga koʻra, Xitoyning nufuzli shirkatlaridan biri Tojikiston hududida yaqin kelajakda zamon talabiga javob bera oladigan uch maktab binosini barpo qiladi. Bu haqida 3 iyul kuni Tojikiston vazirligi va Xitoyning “Power China” shirkati oʻrtasida shartnoma imzolandi.
Bugunga qadar Xitoyliklar tarafidan jami 7 maktab qurilib foydalanishga topshirilgan.
Vazir kelishuv imzosidan mamnun ekanligini bildirib, xitoylik qoʻshnilarga minnatdorchilik izhor etdi va ularni “jonkuyar, gʻamxoʻr doʻstlarimiz” deb atadi.
Shartnomani imzolsh marosimida Tojikiston maorif va taʼlim vaziri Nuriddin Said, Xitoy Xalq Elchisi Yuye Bin va Xitoyning eng katta shirkatlaridan biri hisoblangan “Power China International Group Limited”, vakillari ishtirok etdi.
Qayd etish joizki, shu kungacha Xitoy shirkatlari Tojikistondagi aksariyat infratuzilma ishlariga bosh-qosh boʻlishmoqda. Yoʻl qurilishi yoki yoʻllarni taʼmirlash boʻladimi, girdroagregatlarni ishga solish yo qayta taʼmirlash yoxud mikro GES qurilishlari boʻladimi farqi yoʻq, har sohada “beminnat” yordamchilardir. Ustiga ustak ijtimoiy muammolarni hal qilish ham Xitoylik “gʻamxoʻr” qoʻshnilar zimmasiga yuklangan.
Oʻtgan oyda eʼlon qilingan ayanchli holat barchamizni tashvishga soldi. Uygʻur qizlarni majburan batparastga turmushga uzatish marosimlarini koʻrib qattiq afsuslandik. Ammo oʻz yurtimizda, qoʻshni qizni katta toʻy qilib xitoylik butparastga turmushga chiqayotganig koʻrib, tavba deya yoqa ushalymiz xolos.
Bir paytlar oʻsha qizni Ota-bobosi “shu kunlar boshimga keladi, zurriyotim gʻayridin bilan bir yostiqqa bosh qoʻyadi”, deb xayoliga ham keltirmagan boʻlsa kerak. Endilikda bizu-sizning “tavba”miz ertaga naslimiz pokiza saqlanib qolishlishiga kafolat berarmikin?!
Ayni damda Tojikistonda ilmoniy sistema boshqaruvi ostida iqtisodiy inqiroz hukm surmoqda. Aholining eng koʻp qismi xorijiy yurtlarga mehnat muhojirlariga aylanishgan. Mamlakatda aniq kasb-hunarga ega fuqarolar bilan, asosan qiz-juvonlar, onalar va keksa otaxonlar kun kechirishmoqda. Tabiiyki erkak jinsi juda oz.
Bir yilda kamida 3-4 tojik qizini xitoylik biznesmen bilan turmush kurganiga guvoh boʻlasiz. Eng achinarlisi shundaki, musulmon qizlarini oʻz nikohiga olib (agar nikoh deb atash joiz boʻlsa) uning naslini bulgʻamoqda.
Ming afsuski, bu fasodga toʻla dunyoqarashdan kelib chiqqan tushuncha yuqimli kasallik singari keng tarqalmoqda. Jirkanch demokratik kufr nizomi hukmron boʻlar ekan, vaziyat tubanlanishib boraverishi tabiiy. Agar holat shu yoʻsinga davom etsa, bundan battar boʻlishi muqarrar.
Xalqimizda “Yomon odamning yaxshiligida ham xatar bor”- degan hikmatli soʻz bor. Demak, bu oʻzini “mehribon, gʻamxoʻr” qilib koʻrsatayotgan insonlar, lavozimli shaxslar, shirkat yetakchilari bizni yana-da oʻziga qaram, qul qilish maqsadida yordam qoʻlini choʻzmoqda.
Xech qachon unutmaylik, faqat qalbida iymon bor insongina yaxshilikni xolis qila oladi, chunki u ertaga bu amali oʻziga mingchandon boʻlib qaytishini, Robbisi yaxshiligiga qoʻshimcha savoblarni berishini umid qilib, ishonib yashaydi. Oxratga ishonmaganlar esa, faqat tamaʼ uchun, obroʻ olish uchun, yoki biror gʻarazli niyatda yo faqat oʻz foydasini koʻzlab “yaxshilik” qiladi.
Xitoyliklar, (butparastlar) bizga xech qachon doʻst boʻlmagan va boʻlmaydi ham. Alloh Taolo ularni doʻst tutishdan qaytarmoqda. Agar Yaratuvchi hukmini zoye qilsak va haqir sanasak boshimizga balo kelishligi muqarrar. Nomusi, qatʼiyati, gʻururi, hamiyati bor Musulmon xech bir bandaga qul boʻlishni hazm qila olmasliki lozim. Biz faqat Allohning qulimiz, Undan oʻzga xojamiz yoʻq, faqat Undan yordam soʻraymiz!
Ey Allohim, holimizni isloh qil, zurriyotimizni pokiza saqla, Shariatingni oliy qil, bizlarga ikki olam zulmatidan najot bergin! Amiyn.
Munavvara