Arab mamlakatlari AQSh rejasini qoʻllab-quvvatlaydi

953
0

Arab mamlakatlari AQSh rejasini qoʻllab-quvvatlaydi

Arab davlati AQSh-Isroil-Falastin tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlamoqda. Bu haqida Isroilning kundalik Hayom gazetasiga xabar tarqatdi. Gazetaga koʻra, AQSh prezidenti Donald Trampning yuqori darajali maslahatchilari Jason Greyenblatt va Jared Kushner bir haftalik Yaqin Sharq safaridan soʻng Misr, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Iordaniya rahbarlari AQSh rejasini qoʻllab quvvatlashini bildirgan.

Gazetaning Arab ishlari boʻyicha vakili Daniyel Siryotiga koʻra, Arab davlatlari Kushnerga yakshanba kuni Falastin gazetasi Al Qudsga intervyu berishini tavsiya qilishgan.

 

AQSh prezidenti Donalьd Tramp va uning maslahatchilari Falastin-(Isroil) nizosiga yakun yasash uchun tuzgan reja boʻyicha AQShning boshqa prezidentlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Tramp esa bu kelishuv “yakuniy kelishuv” boʻlishini aytmoqda. Bu kelishuv (Isroil) foydasiga qaratilganligi koʻrinib turibdi. Chunki Kushner va Grinblatt “ortodoks” yahudiylaridan boʻlib, ularni (Isroil) bilan mustahkam aloqasi mavjud. Tramp ham (Isroilga) sadoqat koʻrsatish bilan faxrlanib keladi.

Trampning “Asr kelishuvi” deya nomlangan bu rejasini Saudiya valiahdi Muhammad ibn Salmon ulkan mablagʻ bilan taʼminlashga tayyor ekanligi aytiladi. “Asr kelishuvi” loyihasi boʻyicha falastinliklar Gʻarbiy Qirgʻoqdan va Iordan vodiysining bir boʻlagidan voz kechadilar va uning evaziga Gʻazo hududiga parallel joylashgan yerlarni oladilar.

Bu kelishuv Gʻazo boʻhronining yechimi sifatida falastinliklarga havola qilinmoqda. Bu borada Falastinliklar orasida tashviqot ishlari ham olib borilmoqda. Masalan, “Gʻazoda haqiqiy bandargohni barpo qilish imkoni yoʻq, biroq maydon kengaytirilsa bandargoh qurishga, gaz manbalarini topishga, xalqaro aeroport va million kishiga moʻljallangan yangi shahar barpo qilishga imkon topiladi”. “Erlarni kengaytirish bilan Livandagi qochqinlarni, Suriya va Iordaniyadagi ayrim qochqinlarni qabul qilib qochqinlar muammosini hal qilish mumkin”. “Bu bilan Gʻazoni xalqaro tijoriy markazga aylantirib, misli koʻrilmagan iqtisodiy yuksalishni qoʻlga kiritishiga yoʻl ochadi”, kabi.

Falastin masalasi butun musulmonlar masalasi boʻlib, musulmonlar nazdida u islomiy masaladir. Shuning uchun bu masala faqat Islom bilangina hal boʻladi. Yaʼni uni hal qilish Isroilni bosqinchilikka asoslangan davlat, degan eʼtiborda tugatish bilan boʻladi. Qolaversa, Falastin ahli muborak zamin ahlidir va ular qarshilik koʻrsatish qanday boʻlishini boshqalardan koʻra juda yaxshi bilishadi. Agar ular bunday boʻlmaganlarida Falastin qachonlardir zoye boʻlib ketgan boʻlar edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.