Rossiya: Biz Qirgʻizistonga qariyib 126 million dollarlik harbiy yordam koʻrsatdik

825
0

Rossiya: Biz Qirgʻizistonga qariyib 126 million dollarlik harbiy yordam koʻrsatdik

Rossiya bosh shtab boshqarmasi Qirgʻizistonga berilgan harbiy yordam miqdorini maʼlum qildi. Boshqarma tarafidan berilgan bayonotda aytilishicha, Rossiya Qirgʻizistonga harbiy samolyot, tank, raketa va qurol-yarogʻ yetkazib berish orqali, uni harbiy tomondan tinimsiz qoʻllab quvvatlab kelmoqda.

Shuningdek, Bayonotda Qirgʻiziston mustaqillikka erishganidan buyon Rossiyaning strategik harbiy hamkori boʻlib kelayotganiga ham urgʻu berildi.

Rossiya tomonidan berilgan bayonotni tasdiqlagan Qirgʻiziston Respublikasi bosh shtab boshqarmasi raisining oʻrinbosari Nurlan Jumayev, ikki davlat parlamentlari hamkorlik kengashining majlisida qilgan nutqida Rossiyaning Qirgʻizistonga koʻrsatgan yordamlarini yuqori baholadi.

“Rossiya 2014 yildan buyon bizga 125,7 million dollarlik harbiy anjomlar va asbob-uskunalar bilan yordam koʻrsatdi”, deya taʼkidladi Jumayev.

Xabarda aytilishicha ayni paytda ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik uchun mustahkam huquqiy va qonuniy baza yaratilgan. Faqat harbiy sohaning oʻzida 35 nafardan ortiq xalqaro bitimlar imzolandi. Harbiy sohadagi hamkorlikning poydevorlari 1993 yilda oʻrnatilgan edi.

Rossiya Qirgʻizistonni qurol yaroq bilan taʼminlab kelayotganini daʼvo qilib kelishiga qaramay, Qirgʻiz armiyasi kuchayib borayotgani kuzatilgan emas. Faqat Qirgʻizistonning tashqi qarzi ortib bormoqda xolos.

Turkiston:

Rossiyaga SSSRdan meros qolgan ulkan harbiy texnikalarning allaqachon ish muddati oʻtib boryapti. Bu texnikalar, zaxira qurollari nomi bilan yaroqsiz ahvolda ulkan harbiy axlat mozorxonalari singari saqlab turiladi. Rossiya olamga oʻz harbiy quvvatini namoish qilayotganida, faqat tashqii qobigʻigina qolgan bu ulkan yaroqsiz harbiy texnikalar ham roʻyxatga kiritilgan.

Rossiyaning Qirgʻizistonga qurol va harbiy texnikalar yetkazib turishi, xuddi Yaponiya zilzila va ulkan suv toshqini oqibatida avariyaga uchragan Tokusimadagi AESdan nurlangan avtomashinalarini Rossiyaga oʻtkazib yuborganiga oʻxshaydi yoki bu holat Germaniya va Koreya singari mashinasozlik sanoati rivojlangan mamlakatlar Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi sanoatlashmagan mamlakatlar uchun eskirgan avtomashinalari oqib boradigan sharoitlarni paydo qilib olgan holatga oʻxshaydi. Yaʼni Rossiya ham oʻzida axlatga aylanib, qoʻyarga joy topa olmay qolgan eski texnikalarini Qirgʻizistonga olib kirib kelyapti. Bu bilan u bir vaqtda ikki manfaatni qoʻlga kiritadi. Birinchidan: xizmat muddatini oʻtab boʻlgan va zamonaviy sharoitlarga mos kelmay qolgan eski harbiy texnik axlatlardan qutiladi. Ikkinchidan: oʻsha chiqindi texnikalarini va hozirda ehtiyoji boʻlmagan zaxira anjomlarini Qirgʻizistonga yaxshigina pul hisobiga oʻtkazib oladi. Bundan tashqari bu pullarni naqd olmaslik hisobiga, Qirgʻizistonni qarzga botirib, oʻziga boʻlgan mustamlaka holatini yanada kuchaytirib olgan boʻladi.

Oxiri, shu kunlarda boshimizga tushib turgan holatga kelib qolishimiz tabiiy! Yaʼni hukumatlar mamlakatni qarzga botirib qoʻyib, taxtdan ketish bilan qutulib qolishadi. Keyin Omurkulov singari Xitoyning qarzini albatta xalq toʻlaydida, deb bir chekkaga chiqib olishadi.

Albatta har bir davlatning qarzini uning xalqi toʻlaydi. Chunki yetakchi xoin hukumatlar kelib-ketaverishadi, xalq esa hech qayoqqa qochib keta olmaydi. U, bosqinchilarga qullik qilib, oʻz yerini dushmaniga berib boʻlsa ham, avvalgi yetakchilari chet davlatlarda mazza qilib yeb, yashayotgan qarzlarni toʻlaydi. Ha, davlat rahbarlari yeb yuborayotgan bu qarzga olingan yoki davlat xazinasidagi oʻgʻirlangan pullar xalqning, yaʼni bizning boyliklarimiz, shuningdek bizning zimmamizdagi qarzlardir.

Bir necha yildan keyin Xitoy qarzi evaziga bosim oʻtkazib, eng unimdor kon boyliklarimizni tortib ola boshlaganida biz buni amalda his qila boshlaymiz. Lekin unda kech boʻladi, kech boʻlsa ham his qilib, butun kufr olamining bizga doʻst emasligini aqlan anglay boshlaymiz!

Bugun xalq, davlat rahbarlari, yetakchi toʻdalar oʻrtasida bir biriga qarshi yirtqich hayvonlardek kurash olib borayotgan stsenariylarga tamoshabin boʻlib turibmiz. Goʻyoki ular bir birlari bilan oʻzaro oʻzlarining pullarini talashishayotganlaridek beparvomiz, baʼzida hatto ularning ustidan kulyapmiz. Vaholanki ular siz bilan bizning, xalqning naqd pullarimizni, qarzga olingan mablagʻlarimizni va keyin manfaat olib keladigan boylik manbalarimizni talashishayapti!!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.