Saginbayev: Qirgʻizistonga terrorchi-emissarlar kirib kelmoqda

1013
0

Saginbayev: Qirgʻizistonga terrorchi-emissarlar kirib kelmoqda

Qirgʻizistonda turli taqiqlangan tashkilotlar safiga fuqarolarimizni jalb qilish faol tarzda olib borilmoqda. Bu haqida Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Saginbayev aytib oʻtdi.

Uning soʻzlariga koʻra, koʻplab qirgʻizistonliklar taqiqlangan tashkilotlar safiga oʻz ixtiyorlari bilan qoʻshilishmoqda.

“Oʻz buzgʻunchi faoliyatlarini olib borayotgan turli xil “faol boʻlmagan” guruhlar shakllanib boryapti. Bu ayniqsa Qirgʻizistonning janubiy viloyatlariga tegishli. Bundan tashqari, Afgʻonistonda “IShID” jangarilarining tobora koʻpayib borishi Markaziy Osiyo davlatlari hududida hujum uyutirishda “ilhom manbai” boʻlish imkoniyatini yaratadi. Qirgʻiziston xalqaro terrorchi tashkilotlar manfaatdor boʻlgan obʼekt, chunki bu nafaqat ishchi kuchini tranzit qilish hududi, balki yangi tanglik oʻchogʻi ham hisoblanadi. Bunga jamiyatni tobora islomiylashib va siyosiylashib borayotgani ham yordam beradi”,- deya taʼkidlab oʻtdi Saginbayev.

Turkiston:

 Qirgʻiziston xavfsizlik kengashi kotibi Damir Saginbayev naqadar xiyonatkorona, boʻhton va tuhmat bilan bayonot beribdi! Uning fikricha mintaqada Islomning rivojlanib borayotgani, yaʼni aholining aksariyatini tashkil etgan musulmonlarning kufr qadriyatlaridan voz kechib, islomiy qadriyatlarni hurmat qilib borayotgani – kufr taʼbiri bilan aytganda – “Islomiy terrorist”lar uchun qulay sharoit yaratib berayotgan emish! Allohga qasamki, uning maqsadi faqat kufr manfaatidan kelib chiqqan!

Halok boʻlgur Sagʻinbayev, ““Terrorchilar” uchun eshiklarimizni yopib olaylik, buning uchun islomiy qadriyatlarni kuchayib borishini oldini olishimiz kerak. Shuningdek musulmonlarning siyosiy ongi oʻsib boryapti, shu fursatdan foydalanib ularni ham tiyib qoʻyaylik” degan maʼnodagi fikrni oʻrtaga tashlayapti! Alloh munofiqlarni har ikkala dunyoda ham xor qilsin!

Uning maqsadi kufrni rozi qilish asosidan kelib chiqayotgani siyosiy ongli boʻlmagan kishiga ham ayon. U Afgʻoniston tomondan Oʻrta Osiyoga qarata sunʼiy paydo qilib kelinayotgan mustamlakachi AQSh va Rossiyaning rejalari uchun qulay muhit paydo qilib bermoqchi. Saginbayev kufr manfaati uchun “oʻz millati vakillarini taʼqib qilishni kuchaytirish” strotegiyasini taklif qilayapti! Aslida hech qanday qurollik vahima yoʻq ekanini, kufr olami “terrorizm” atamasi ostida oʻzi qabih harakatlar olib borayotganini, ular bu qoʻporuv amaliyotlarini musulmonlarga agʻdarish orqali musulmonlarni ikki toifaga boʻlib, Avgʻonistondagi singari, bir birlari bilan urushtirmoqchi ekanini Sagʻinbayev juda yaxshi biladi!

Saginbayev musulmonlarni taʼqib qilishni yanada kuchaytirishni taklif qilyapti. Lekin bu taʼqibni, “terrorislar” yoki ularga qulay sharoit yaratib berayotgan “ekstremistlar” degan qalbaki nom ostida amalga oshiraylik, demoqchi! Ikkinchidan: jamiyatda jadal rivojlanib borayotgan islomiy aloqalar va qadriyatlarga qarshi ilmoniy kurash mexanizmini kuchaytirishni taklif qilmoqda! U “Islomning rivojlanib borishi “terrorizm”ga qulay sharoit yaratib brayapti” degan maʼnodagi iborasida mana shuni nazarda tutdi.

Eslatib oʻtamiz,  kufr olami Islom va musulmonlar bilan mabdaiy kurash olib boryapti. Lekin Islom musulmonlarning qalblarini egallab olganligi va musulmonlar dunyoni egallab olish quvvatiga ega boʻlib borayotgani bois, kufr Islom va musulmonlarga qarshi ochiq kurash eʼlon qila olmaydi. Chunki Musulmonlarni birlashib ketishidan hadiksiraydi! Shuning uchun musulmonlarni birlashtira oladigan faol, mabdaʼiy Islomni koʻtarib borayotgan yetakchi davatchi guruhlarga zarba berish maqsadida “terrorist, ekstremist” degan atamalar ostida har xil uslublar oʻylab topib, tatbiq qilmoqda! Buning uchun ular har xil grantlar ostida Saginbayev singari xoin musulmonlarga atayin moddiy, moliyaviy yordamlar berib turishadi. Oʻz navbatida bular ham kufr olami manfaati uchun musulmonlar oʻrtalarida adovat urugʻini sepib borish bilan mintaqada ularga sharoitlar yaratib berishyapti! Kerak boʻlsa, hatto oʻzaro urush chiqarib yuborishlari ham mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.