Olimning vafot etgani 7 oydan keyin maʼlum boʻldi

849
0

Olimning vafot etgani 7 oydan keyin maʼlum boʻldi

 Sharqiy Turkistondagi Xoʻtan tumanining mashhur olimi 86 yoshli Abdulahad Maxdum 2016 yildan beri  mahbus edi. U 7 oy avval vafot etgan ekan. Endi maʼlum boʻldi. Bu haqda “Haber7” xabar bermoqda.

 Bu xabarni Maxdumning oila aʼzolari ham tasdiqladi.

 1932 yilda tavallud topgan Abdulahad Maxdum 2016 yilda betob boʻlishiga qaramasdan, Xitoy hukumati tazyiqiga uchrab, hibsga olingan.

 Abdulahad Maxdum bundan 7 oy avval vafot etgan boʻlsa-da, hanuzgacha uning oʻlimi sir saqlangan.

Turkiston:

Xitoy hukumati uygʻur musulmonlarini oʻz eʼtiqodlaridan qaytarish, diniy ibodatlardan toʻsish maqsadida ularga nisbatan zulmlarini dunyo hamjamiyati, xususan islomiy yurtlar rahbarlari sukuti ostida amalga oshirib kelmoqda. Musulmon yurtlar rahbarlari oʻz zimmalaridagi vojib vazifani unitib qoʻyganlari uchun ham Xitoy va dunyodagi boshqa koʻplab davlatlar Islom dini va musulmonlarga qarshi borishga jurʼat qilishmoqda.

 Ayniqsa Xitoy hukumati musulmonlarga qarshi olib borayotgan zulmida har qanday ahloqiy meʼyorlardan oshib oʻtib ketdi. Mushrik hukumat uygʻur musulmonlarga Ramazon oyida roʻza tutishi, farzandlariga islomiy ismlar va islomiy tarbiya berishi taqiqlagani yetmaganidek, rasmiy hukumat musulmonlarni choʻchqa goʻshti yeb, spirtli ichimliklar ichish, ommaviy ravishda erkak-ayollarni quchoqlashib valьsga tutishiga majburlashgacha yetib bordi. Najas xanlarni esa har oyda 3-4 kunlab musulmonlar oilasida birga yashashi, ularga Xitoy madhiyasi va xitoy tilini oʻrgatisha boshladi. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bahonasi bilan yuz minglab musulmonlarni “siyosiy tarbiya berish” lagerlariga joʻnatildi. Bu lagerlarda musulmonlarga “milliy sirlarni” qanday saqlash lozimligini hamda “musulmon boʻlmaslikni” oʻrgatilmoqda. Zulmlar ostida shahid boʻlgan musulmonlar toʻgʻrisidagi xabarlar sir saqlab kelinmoqda…

 Birodarlar, duolar ijobat boʻladigan ulugʻ Ramazon oyida turibmiz. Bu oyni, bu kunlarni gʻanimat bilib, Sharqiy Turkiston, Birma, Suriya va dunyoning boshqa koʻplab oʻlkalarida zulm koʻrayotgan musulmonlar haqqiga duo qilishni, Allohdan nusrat soʻrab Xalifalik davlati bilan bizlarni aziz qilishini soʻraylik. Zero faqat Xalifalik davlatigina nafaqat Sharqiy Turkistondagi balki barcha islomiy yurtlardagi musulmonlarning xavfsizligi va haq-huquqlari toʻla taʼminlay oladi. Faqat ana shundagina musulmonlar hech kimdan hayiqmagan holda butun olamlarni Yaratuvchisi boʻlgan Alloh Taoloning barcha buyruqlarini emin-erkin bajarish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Oʻz navbatida biz, Qodir va Gʻaffor Allohdan shunday zulmlar ostida vafot etgan Abdulahad Maxdum domlaning Oʻz rahmatiga olishini, gunohlarini magʻfirat qilib, solih ammalllarini oʻziga hamroh qilishini, Qiyomat kuni paygʻambalar, siddiqlar va shahidlar bilan bir safda qilishini soʻrab duo qilib qolamiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.