Tojikistonda Zardushtiylar ibodatxonasi qayta taklanmoqda
Tojikistonda birinchi ibodatxona hisoblanmish – zardushtiylar ibodatgohi qayta tiklanajak. Bu ibodatxona Mugʻ nomi bilan tanilgan boʻlib, mamlakatning shimoliy tarafidagi Sugʻd viloyatining Istaravshan shahrida joylashgan.
Madaniyat va tarixiy yodgorliklar boʻlimi mutaxassisi Barotboy Jumayev Radioi Ozodiy bilan boʻlgan suhbatda shunday deydi: “Mugʻ ibodatxonasi Zardushtiylar uchun muqaddas maskan hisoblanadi. Miloddan avvalgi 858- 830 yillarda Kurushi Kabir shahar barpo etganida, shu qalʼa ustiga zardushtiylar chiqib olov yoqishardi. Mugʻ soʻzining maʼnosi ham oʻt yoqadigan balandlik maʼnosini bildiradi”.
Istaravshan masʼullarining aytishicha, Mugʻ qalʼasining qayta tiklanishi uchun 26 million somoniy (qariyb 3 million AQSh dollari) mablagʻ sarflangan, allaqachon binoning 80 foizi tayyor boʻldi.
Jumaboy Barotboyga koʻra, zardushtiylar ibodatxonasi Mugʻ qalʼasining markazida joylashgan va ayni zamonda bu maskan oldingi shakliga qaytarilmoqda.
Masʼulning fikriga qaraganda, tamirlash va qayta tiklash ishlari shu yilning yoz oylari oʻrtalarida poyoniga yetadi.
“Bu qalʼa 1500 yil davomida zardushtiylar ibodatxonasi boʻlgan. Arablar kelib Istaravshan bekini qatl qilishgan va ibodatxona faoliyatiga nuqta qoʻyilgan”. “Davlat byudjetdan 9 million somoniy (1 million AQSh dollari) ajratildi, ammo bu miqdor kifoya qilmaydi, biz endi tadbirkorlarni mablagʻ berishiga jalb qilmoqchimiz”, deydi masʼul.
“Tojiklar Islom kelguniga qadar “Mazdo Yasno” (Zardushtiy) diniga eʼtiqod qilishar edi. Arablar bosqini tufayli barcha qadimiy diniy qadriyatlar jamiyatdan uzoqlashtirilgan”- deya qoʻshimcha qildi Jumayev.
Diniy masalalar tahlilchisi Faridun Hodizodaning aytishicha, hozirgi vaqtda Afgʻoniston qatori Tojikistonda ham zardusht diniga eʼtiqod qiluvchilar bor, ammo ular aholining qarshiligidan va hayotiga keladigan xatarli oqibatlardan qoʻrqib oʻz eʼtiqodlarini oshkor qilisha olmaydi.
Bir narsani eslatib oʻtish lozimki Tojikistonda zardushtiylarning ” Mazdo Yasno” nomi bilan qumita tashkil qilingan edi, ammo fuqarolarnig kuchli eʼtirozi ostida uning asoschisi va rahbari Roʻdakiy Samadov 2001 yilda , sirli ravishda oʻldirildi.
Baʼzi mutaxassislarning fikriga koʻra, zardushtiy urfu odatlari tojik xalqning qadimiy merosi boʻlib, uni qayta tiklanishining xech qanday zarar yoʻq. Biroq koʻpchilik musulmon aholi tomonidan ijobiy qabul qilinmaganligi bois bu ish ortga surilmoqda edi.
Shariat qonuni boʻyicha tarixiy obidalar toʻlaligicha saqlanib qolinishi vojib. Misr ehromlari, Afgʻonistondagi but-sanamlar, Firʼavning jonsiz tanasi, Pampey qalʼasi va hokazolar keyingi avlod uchun tarixiy maʼlumot sifatida qabul qilinadi .
Ammo aynan Zardushtiylarning qayta tiklanib bosh koʻtarishi xatarli hisoblanadi. Chunki ayni damda Tojikistonda Zardusht diniga, garchi sanogʻi oz boʻlsada shu dinga ergashgan fuqarolar mavjud. Mamlakatda aholi orasida, xossatan ziyoli qatlam orasida millatchilik, mahalchilik, oʻtgan ajdodlar bilan faxrlanish tushunchalari chuqur ildiz otgan.
Islom dini kelib barcha dinlarni botil qildi, yoʻqqa chiqardi, ularning buzuq, aqlga zid tushunchasiga qarshi qattiq kurashdi. Islomiy aqidani birinchilardan boʻlib qabul qilgan va Islom risolasini oʻzi uchun toj qilgan tojik xalqi eʼtiqodiga hozirgi kunda eski botil dinlar raxna solmoqda.
Oʻtgan oyda diniy erkinlik bahonasida nasroniylar uchun ibodatxonalar qurilgan boʻlsa, bugun goʻyo tarixiy madaniyatni barqarorlashtirish bahonasida Zardushtiylarga imkon tugʻildi. Qadimiy meros qatori dinimizga mutlaqo zid boʻlgan, Alloh va musulmonlar laʼnatiga uchragan mushrikona marosimlarga imkon yaratilmoqda.
Koʻribsizki, yanagi Navroʻzda hukumat bosh boʻlib, Mugʻ qalʼasi ustiga gulxan yoqilib, mushrikona marosim boshlanadi!
Munavvara.