1439 yilning muborak ramazon oyini kuzatish natijasi eʼloni
Auzu billahi minash-shaytonir rojim
شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِيَ أُنزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِّلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِنَ الْهُدَى وَالْفُرْقَانِ فَمَن شَهِدَ مِنكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ وَمَن كَانَ مَرِيضًا أَوْ عَلَى سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِنْ أَيَّامٍ أُخَرَ يُرِيدُ اللهُ بِكُمْ الْيُسْرَ وَلاَ يُرِيدُ بِكُمْ الْعُسْرَ وَلِتُكْمِلُواْ الْعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُواْ اللهَ عَلَى مَا هَدَاكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
“Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat boʻlib hamda hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari boʻlib Qurʼon nozil qilindi. Bas, sizlardan kim bu oyga hozir boʻlsa, roʻza tutsin. Va kim xasta yoki musofir boʻlsa, u holda (roʻza tutolmagan kunlarining) sanogʻini boshqa kunlarda (tuzalgach yoki safardan qaytgach) tutadi. Alloh sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga ogʻir boʻlishini istamaydi. Bu sanoqni toʻldirishingiz va hidoyat qilgani sababli Allohni ulugʻlashingiz uchundir. Shoyad shukr qilsangiz” [Baqara 185]
Allohga hamd boʻlsin. Allohning Rosuliga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan doʻst boʻlganlarga hamda ul zotga ergashib, yoʻlidan yurgan, Islom aqidasini oʻzining fikratiga asos qilib olgan, sharʼiy ahkomlarni esa amallariga oʻlchov va hukmlariga manba qilgan zotlarga salotu salomlar boʻlsin, ammo baʼd:
Buxoriy oʻzining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Abu Hurayra roziyallohu anhuning bunday deganlarini eshitgandim: Nabiy ﷺ yoki Abu Qosim ﷺ aytdilar:
“صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةََ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ”
“Oyni koʻrib roʻzani boshlanglar, oyni koʻrib roʻzani tugatinglar. Agar havo bulut boʻlsa, shaʼbon oyining sanogʻini toʻla oʻttiz kun qilinglar”.
Bugun seshanbadan chorshanbaga oʻtar kechasida muborak ramazon oyi kuzatilganidan keyin oyni sharʼiy koʻrish bilan koʻrilgani oʻz isbotini topmadi. Shunga binoan, ertaga chorshanba kuni insha Alloh shaʼbonni toʻliq oxiriga yetkazilib, oʻttiz kun qilinadi va ertasi payshanba kuni muborak ramazon oyining birinchi kuni boʻladi.
Qadrli birodarlar:
Ushbu fazilatli muborak oy – kufr millatlari va bizga (qondosh) boʻlgan yovuz hukmdorlar ustimizga tashlanib turgan bir paytda kirib kelmoqda. Zero, ularning Islom va musulmonlarga qarshi makr qilishda bir-birlarini qoʻllab-quvvatlashlari bizga quyidagi sahih hadisni esga solyapti: Rosululloh ﷺ aytadilar:
“يُوشِكُ الْأُمَمُ أَنْ تَدَاعَى عَلَيْكُمْ كَمَا تَدَاعَى الْأَكَلَةُ إِلَى قَصْعَتِهَا. فَقَالَ قَائِلٌ: وَمِنْ قِلَّةٍ نَحْنُ يَوْمَئِذٍ؟ قَالَ: بَلْ أَنْتُمْ يَوْمَئِذٍ كَثِيرٌ وَلَكِنَّكُمْ غُثَاءٌ كَغُثَاءِ السَّيْلِ وَلَيَنْزَعَنَّ اللَّهُ مِنْ صُدُورِ عَدُوِّكُمْ الْمَهَابَةَ مِنْكُمْ وَلَيَقْذِفَنَّ اللهُ فِي قُلُوبِكُمْ الْوَهْنَ. فَقَالَ قَائِلٌ: يَا رَسُولَ اللَّهِ، وَمَا الْوَهْنُ؟ قَالَ: حُبُّ الدُّنْيَا وَكَرَاهِيَةُ الْمَوْتِ”
“Eb toʻymas ochofatlar oʻz tovogʻiga tashlangani kabi yaqinda millatlar sizlarning ustingizga tashlanadi. Shunda bir kishi oʻsha paytda sonimiz kam boʻlganidan shunday boʻladimi? – deb soʻradi. Paygʻambar ﷺ: Sizlar u paytda koʻp boʻlasizlar. Lekin selning koʻpigi kabi koʻpik boʻlasizlar. Alloh dushmanlaringiz qalblaridan sizlardan boʻlgan qoʻrquvni olib qoʻyadi, sizlarning qalblaringizga esa, vahnni solib qoʻyadi, dedilar. Shunda bir kishi ey Rosululloh vahn nima? – deb soʻragandi, u zot: Dunyoni yaxshi koʻrish, oʻlimni yomon koʻrish, deb javob berdilar”.
Biz bilamizki, Ramazon sabr oyidir, sabr esa shodlik kalitidir. Shuning uchun Buxoriy rohimahulloh Abu Abdulloh Xabbob ibn Aratdan rivoyat qilgan quyidagi hadisni eslatib oʻtmoqchimiz. Xabbob aytadi:
“شَكَوْنَا إِلَى رسولِ اللهِ ﷺ وَهُو مُتَوسِّدٌ بُردةً لَهُ في ظلِّ الْكَعْبةِ، فَقُلْنَا: أَلا تَسْتَنْصرُ لَنَا أَلا تَدْعُو لَنَا؟ فَقَالَ: قَد كَانَ مَنْ قَبْلكُمْ يؤْخَذُ الرَّجُلُ فيُحْفَرُ لَهُ في الأَرْضِ فيجْعلُ فِيهَا، ثمَّ يُؤْتِى بالْمِنْشارِ فَيُوضَعُ علَى رَأْسِهِ فيُجعلُ نصْفَيْن، ويُمْشطُ بِأَمْشاطِ الْحديدِ مَا دُونَ لَحْمِهِ وَعظْمِهِ، مَا يَصُدُّهُ ذلكَ عَنْ دِينِهِ، وَاللَّهِ لَيُتِمَّنَّ اللهُ هَذَا الْأَمْرَ حَتَّى يَسِيرَ الرَّاكِبُ مِنْ صَنْعَاءَ إِلَى حَضْرَمَوْتَ لاَ يَخَافُ إِلاَّ اللهَ وَالذِّئْبَ عَلَى غَنَمِهِ، وَلَكِنَّكُمْ تَسْتَعْجِلُونَ”
“Bir kuni Rosululloh ﷺ choponini yostiq qilib Kaʼbaning soyasida yotganlarida biz u kishiga shikoyat qilib bordik. Biz – Alloh Azza va Jalladan biz uchun yordam soʻramaysizmi, haqqimizga duo qilmaysizmi? dedik. Shunda u zot bunday dedi: Sizlardan oldin oʻtganlar davrida kishi ushlab kelinib, uning uchun yerda chuqur qazilar, soʻngra uni shu chuqurga tushirilar edi. Keyin arrani olib kelinib, boshini ikkiga boʻlib tashlanar edi. Temir taroqlar bilan goʻshti suyaklaridan ajratib olinar edi. Shu narsa ham uni dinidan qaytarolmasdi. Allohga qasamki, U Zot bu ishni albatta tamomiga yetkazadi, hatto ulovga mingan odam Sanʼodan Hazramavtgacha hech narsadan qoʻrqmay, bemalol boradigan boʻladi. U faqat Allohdan va qoʻyini boʻri yeb ketishidan qoʻrqadi, xolos. Lekin sizlar shoshilyapsizlar”.
Bu Alloh Taoloning garchi bir ozdan keyin boʻlsa ham, oʻz dinini gʻolib qilishi va unga nusrat berishi haqidagi vaʼdasidir. Biz esa, Allohga sodiq boʻlishimiz, sabr qilishimiz va Allohning vaʼdasi roʻyobga chiqishiga chin koʻngildan ishongan holda uning itoatida sabotli boʻlishimiz lozimdir. Alloh oʻzining vaʼdasini buzmaydi. Chunki u zot Haq va uning vaʼdasi ham haqdir.
Biz Hizb ut-Tahrir aʼzolari – Alloh Taoloni rozi qiladigan, Ummat zimmasini poklab, uni ushbu ogʻir gunohdan, ulkan fitnadan xalos etadigan buyuk pozitsiyani egallashga butun Islom Ummatini chaqiramiz. Ayni shu pozitsiya sababli Ummat ustidagi ifloslik ketkazilib, Islom yurtlarining har tarafida azizlik ulashiladi.
Shuning uchun ham musulmonlarni oʻzlarining pokiza qoʻllarini Hizb ut-Tahrir aʼzolari qoʻliga berishga chaqiramiz. Zero, Hizb qizib borayotgan fikriy va siyosiy kurashga kirib, makkor Gʻarbning rejalarini fosh qilmoqda. U sizlarga Islomning mustaqim yoʻlini aniq koʻrsatib bermoqda. Shoyad Alloh sizu bizning qoʻlimiz bilan Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini tiklash orqali Islomiy Ummatga nusrat va gʻoliblikni muvaffaq qilsa. Shoyad Alloh Hizb ut-Tahrir amiri, ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta qoʻlida aniq fathni bitsa. Natijada unga xalifa sifatida Allohning Kitobi va Ulugʻ Paygʻambari Sunnati asosida bayʼat bersak hamda Xalifalikda Allohning hanif shariatini qoim qilib, Islom daʼvatini butun olamga hidoyat mashʼali sifatida koʻtarib chiqsak.
Ey musulmonlar armiyalari zobitlari, shuni yaxshi bilinglarki, Alloh albatta Oʻzining diniga nusrat beradi. Agar sizlarning qoʻlingiz bilan bermasa, boshqa xolis zotlar qoʻli bilan buni amalga oshirib, ularni oʻz dini nusrati baxtiga musharraf qiladi. Shunday ekan, bu buyuk sharafni qoʻldan boy bermay, Ummat safiga qoʻshiling. Oʻshanda Alloh roziligiga, dunyo va oxirat azizligiga erishib, zafar topasiz.
Shuningdek, men ham Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi raisi va matbuot boʻlimi xodimlari tomonidan ushbu muborak oy munosabati bilan yoʻllangan tabrikni Hizb ut-Tahrir amiri ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaga va barcha musulmonlarga yetkazayotganimdan mamnunman. Alloh Subhanahudan barchamizni ushbu magʻfirat va yaxshiliklar oyi boʻlmish ramazon oyida doʻzaxdan ozod etilgan bandalar jumlasidan qilishini hamda Laylatul Qadrga yetkazib uning ajriga erishgan zotlardan qilishini soʻrab qolamiz.
Allohim, osmonlaru yerning Parvardigori, bizni tez orada, kechiktirmay, ikkinchi roshid Xalifalikda musulmonlar xalifasiga bayʼat berish bilan sharaflantir…
Allohim omin, omin, omin.
Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
Seshanbadan chorshanbaga oʻtar kechasi, hijriy 1439 yilgi shaʼbon oyining oxirgi oʻttizinchi kuni.
Doktor Usmon Baxxosh
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi raisi
Manzil: alMazraa – “Kolumbia Tsentr” – blok b – ikkinchi qavat
Pochta qutisi 145010
telefon: 00961 1 30 75 94
uyali telefon: 00961 71 72 40 43
elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info