Lavrov: Rossiya tashvishda
Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovning maʼlum qilishicha, Moskva Yaqin Sharqdagi geosiyosiy holatni oʻzgartirishga qaratilgan harakatlardan tashvishda. Bu Falastin muammosini orqa planga surib qoʻyish maqsadida qilinmoqda, deb xabar berdi RIA “Novosti”.
“Shu bilan birga, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika geosiyosiy xaritasi koʻrinishini oʻzgartirish boʻyicha biz uchun xavotirli boʻlgan harakatlar yuz bermoqda. Bu Falastin muammosini eng orqa oʻringa surib qoʻyish uchun qilinyapti”, – deya aytib oʻtdi Lavrov BMTning Yaqin Sharq tinchlik jarayoni boʻyicha maxsus koordinatori Nikolay Mladenov bilan uchrashuvda.
Uning taʼkidlashicha, xalqaro hamjamiyat Yaqin Sharqdagi barcha muammolarni hal qilib, Falastin muammosini eʼtiborsiz qoldira olmaydi, bunga haqqi ham yoʻq.
Avvalroq Lavrov AQShning Eron bilan yadro kelishuvidan chiqishi oqibatlari haqida aytgandi.