Tramp: AQSh endi “dunyo politsiyachisi” boʻlmaydi
AQSh endi dunyo politsiyachisi boʻlmaydi va bunga ulkan mablagʻlarni sarflamaydi, deb taʼkidladi prezident Donalьd Tramp. RIA “Novosti” xabariga asosan.
“Biz dunyo politsiyachisi boʻlishni borgan sari kam xohlamoqdamiz. Biz oʻn yilliklar davomida ulkan mablagʻlarni dunyoda tartibni saqlab turish uchun sarfladik. Biz oʻzimizda tartib oʻrnatishni xohlaymiz, biz oʻz mamlakatimizni tiklashni rejalashtirmoqdamiz”,- dedi Tramp Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy bilan birgalikda oʻtkazgan matbuot-anjumanida.
Ilgariroq Tramp hajmi 1,3 trillion dollarlik byudjetga imzo chekkan edi. Byudjet Mudofaa harajatlarini 80 milliardga koʻpaytirishni nazarda tutadi. Mudofaaga ajratiladigan mablagʻlar jami 700 milliard dollarni tashkil etadi.
Byudjetga shuningdek, “Rossiya taʼsiriga qarshi kurash” uchun 250 million dollar miqdorida mablagʻlar kiritilgan. Shuningdek, Ukrainaga harbiy yordam sifatida 200 million dollar nazarda tutilgan.