Stoltenberg: Biz Turkiyadan minnatdormiz
Iroq va Suriya hududlarida amalga oshirgan harbiy amaliyotlarida millionlagan musulmonlarni qatl qilgan NATO uchun, Turkiya va u yerda joylashgan harbiy bazalar, voz kechib boʻlmaydigan darajada strategik mavqega egadir. Bu haqida NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg maʼlum qildi.
NATO bosh kotibi Turkiyaning NATO uchun muhim ahamiyatga ega mamlakat hisoblanishini taʼkidlar ekan, oʻz fikrini “Buni anglab yetish uchun faqat xaritaga qarashning oʻzi kifoya”, degan soʻzlar bilan ifodaladi.
“Iroq va Suriyada NATOga aʼzo davlatlar uchun tahdid hisoblangan zoʻravonliklar yuz bermoqda. Turkiyaning muhim ahamiyatga egaligini tushunish uchun uning aynan oʻsha Iroq va Suriyaga qoʻshni boʻlgan strategik joylashuviga nazar tashlashning oʻz kifoyadir”, deya qoʻshimcha qildi Stoltenberg.
AQSh boshchiligida tashkil qilingan global koalitsiya uchun asosiy sharoitlar Turkiya tarafidan yaratib berilganligini taʼkidlagan Stoltenberg “Biz Turkiyadan minnatdormiz”, deya Erdogan hukumatiga minnatdorchilik bildirdi.
Turkiston:
Bundan avval AQSh rasmiylari ham, Turkiya hukumatining qoʻllab quvvatlovi boʻlmaganda Suriyada muvaffaqiyat qozona olmasligini bir necha bor tan olgan edi.
Darhaqiqat Turkiya Suriyada AQShning loyihalari amalga oshishi uchun hech kim yarata olmagan imkoniyatlarni yaratib berdi. Halabni himoya qilayotgan jagchilarni IShIDga qarshi kurash bahonasida “Furot qalqoni” harakatiga jalb qilish bilan Halabni himoyasiz qoldirdi. Natijada Halab osongina Asadning qoʻlga oʻtdi. Endi esa, “Zaytun novdasi” harakati orqali Idlibni Asadga topshirmoqchi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif bilan oʻtkazgan uchrashuvidan soʻng shu vaqtgacha “muxolifat” deb atalib kelgan guruhlarni “terrorchi guruhlar” deb atadi.
“Idlib mintaqasidagi terrorchi (Jihodiy) guruhlar diqqat bilan aniqlanmogʻi lozim. Biz doʻstlarimiz bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. Terrorga qarshi yelkama-elka harakat olib borishimiz kerak”, dedi Chavushoʻgʻli.