AQSh Rossiya uchun yana yangi sanktsiyalar joriy etish niyatida

470
0

AQSh Rossiya uchun yana yangi sanktsiyalar joriy etish niyatida

16 aprel dushanba kuni AQShning Rossiyaga qarshi yana yangi sanktsiyalar joriy etishi kutilmoqda. Bu haqida AQSh moliya vaziri Stefen Menuchin maʼlum qildi. Menuchinga koʻra, sanktsiyalar dushanba kuni ertalab eʼlon qilinadi. Agar sanktsiyalar amalda eʼlon qilinmasa, Asad bilan aloqali boʻlgan barcha kompaniyalarga qaratiladi. Bunga Rossiyaning Suriya prezidenti Bashar Asadni qoʻllab quvvatlaganligi sabab qilib koʻrsatilmoqda.

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli esa Si-bi-es kanaliga bergan intervyusida Asadning tarafdorlarini qanday oqibatlar kutayotganligiga doir berilgan savolga javoban “Albatta, yaqinda siz Rossiya uchun yana yangi-yangi sanktsiyalar joriy etilishiga guvoh boʻlasiz”, dedi.

“Kommersant” gazetasi ham AQSh Davlat departamentiga yaqin boʻlgan manbalarga tayanib, AQSh maʼmuriyati Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar qoʻllash masalasi ustida muhokama olib borayotganligi haqida xabar tarqatdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Trampning milliy xavfsizlik boʻyicha yangi maslahatchisi Jon Bolton Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar joriy etish taklifi bilan chiqqan. Bolton Rossiyaga qarshi nuqtai nazari bilan tanilgan AQSh siyosatchisidir.

AQSh hukumatining bu qadami, barcha ommaviy axborot vositalarining Suriya rejimi Sharqiy Gʻutada amalga oshirgan kimyoviy hujum haqida koʻtargan shov-shuvlari ortidan yuz bermoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.