Putin: AQSh halokatli vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda

463
0

Putin: AQSh halokatli vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda

Qoʻshma Shtatlar oʻz harakatlari bilan Suriyadagi halokatli vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Kreml saytida chop etilgan bayonotida aytildi.

Putinning soʻzlariga koʻra, AQSh BMT Nizomi, xalqaro huquqning meʼyor va tamoyillarini buzgan holda BMT Xavfsizlik kengashining ruxsatisiz raketa zarbalarini amalga oshirdi.

 “Terrorizmga qarshi kurashda oldingi safda boʻlgan mustaqil davlatga qarshi zoʻravonlik harakati sodir etildi”,- deb taʼkidladi u.

 Vladimir Putin terrorizmga qarshi kurashda qonuniy hukumatga yordam berayotgan Rossiya Suriyaga hujumni jiddiy qoralashini maʼlum qildi.

 “AQSh oʻz harakatlari bilan Suriyadagi gumanitar halokatni yanada chuqurlashtirmoqda, tinch aholiga aziyat yetkazmoqda, yetti yil Suriya xalqini ezib kelgan terrorchilarga koʻmaklashmoqda, ushbu mamlakat va umuman mintaqada yangi qochoqlar toʻlqini paydo boʻlishiga sababchi boʻlmoqda”,- dedi Putin.

 Rossiya rahbari Suriya atrofidagi vaziyatning izdan chiqishi xalqaro munosabatlarning butun boshli tizimiga halokatli taʼsir koʻrsatishini bildirdi.

 “Tarix hammasini joy-joyiga qoʻyadi va u allaqachon Yugoslaviya, Iroq, Liviyadagi qonli bosqinlar uchun Vashington zimmasiga ogʻir masʼuliyatni qoʻygan”,- dedi Putin.

 AQSh, Buyuk Britaniya va Frantsiya bilan hamkorlikda shanba kuni tongda Suriyaga raketa zarbalari berdi. AQSh prezidenti Donalьd Trampning aytishicha, bu Suriyaning Duma shahrida amalga oshirilgan kimyoviy hujumga nisbatan javob zarbasi boʻlgan.

Turkiston: 

Bir necha kufr davlatlari bir birlari bilan Islom yurtida urush olib borishyapti. AQSh Rossiyaning xalqaro siyosatdagi haqiqiy mavqeʼini koʻrsatib, uni oʻz oʻrniga tushirib qoʻyish maqsadida, unga qarshi urush eʼlon qildi. Lekin bu urushda ham, yana Islomiy yurtlar vayron boʻlib, musulmon tinch aholi qurbon boʻlishi kutilyapti!

Putin Suriyada Asad rejimini himoya qilish maqsadida, AQSh tarafidan atayin shakillantirilgan muxolif jangari tashkilotlarni roʻkach qilib, bir necha yuz ming musulmonni qirib yubordi. Endi oʻzi ham AQShning nishoniga aylanib qolganida, yana Asad rejimi nomidan AQSh bilan urushmoqchi boʻlyapti. Rossiyaning bu holatiga, “Ruslar AQSh bilan urushda musulmonlarni tirik deʼvor sifatida foydalanmoqchi” deb baho berish mumkin!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.