Oʻzbekistondagi navbatdagi shahid

886
0

Qudratulloh Sotvoldiyev

Oʻzbekistondagi navbatdagi shahid

 مِّنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُم مَّن قَضَىٰ نَحْبَهُ وَمِنْهُم مَّن يَنتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلاً 

“Moʻminlar orasida Allohga bergan oʻz ahdu paymonlarida sodiq turgan kishilar bor. Ulardan ayrimlari oʻz ahdiga vafo qildi, (yaʼni shahid boʻldi), ayrimlari esa (shahid boʻlishga) intizordir. (Ular ahdu paymonlarini) oʻzgartirganlari yoʻq”

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi Oʻzbekistonning Margʻilon shahridan, 1962 yilda tugʻilgan, uch farzandning otasi Qudratulloh Sotvoldiyevning vafot etganini chuqur qaygʻu ila xabar qiladi.

Hizb ut-Tahrir Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini boshlagan paytda odamlar daʼvatni iliq kutib oldilar. Hizb va uning fikrlari turli sinfdagi shaxslarni oʻziga jalb qila boshladi. Birodarimiz Qudratullloh ham Hizb ut-Tahrir safida daʼvat olib borgan birinchi kishilardan boʻldi. U oʻz taqvosi bilan mashhur boʻlgan ulamolar oilasidan edi. Oʻrta Osiyodagi mashhur olim shayx Abdulhakim Vosiyev qoʻlida tahsil olib, arab tilini puxta oʻrgandi.

Hizb ut-Tahrirning Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash toʻgʻrisidagi fikrlari odamlar orasida keng tarqala boshladi. Biroq togʻut Karimov Hizb ut-Tahrir aʼzolarini juda qattiq yomon koʻrdi. U butun yurt boʻylab Islom va musulmonlarga qarshi vahshiyona kurash olib borib, Hizb ut-Tahrir aʼzolarini ommaviy taʼqib qila boshladi. Birodarimiz Qudratulloh ham 2000 yilda hibsga olinib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Qamoq muddatini oʻtaganidan keyin esa – Islom va musulmonlar dushmani togʻut Karimov qarshisidagi salobatli pozitsiyasi tufayli – bir necha bor “raskrutka” qilindi. Alloh rahmat qilsin, birodarimiz Navoiy, Zarafshon, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi qamoqxonalarda koʻp azob chekdi. Bu uzoq yillar uning aqidasi va mahkam ushlagan fikrlari uchun sinov boʻlganiga shubha yoʻq, albatta. Zero, birodarimiz Alloh Subhanahu va Taoloning madadi ila, bu sinovlarga ham bardosh berdi. Biroq togʻut qamoqlarida oʻtkazgan mashaqqatli uzoq yillar Qudratullohni holdan toydirib, turli kasalliklarga mubtalo qilgan edi. 2015 yil sogʻligi ogʻirligi sababli qamoqdan ozod etildi. Birodarimiz hayotining soʻnggi yillarini jigar tsirrozi hastaligi bilan azobda oʻtkazdi.

2018 yil 1 mart kuni Qudratulloh Alloh Subhanahu va Taoloning huzuriga rehlat qildi. Uning pokiza tanasini yuvgan yaqinlariga koʻra, ular Qudratullohning badanida ilgari Karimov qamoqlaridan qolgan vahshiyona qiynoq izlariga guvoh boʻlishgan. Zero, uning jasadi muzlamadi va qotib ham qolmadi… Mahalla oqsoqollari bu holatni – insha Alloh – shahidlik alomatlari deb aytishgan. Biz shunday deb bilamiz, lekin hech kimni Allohga gunohdan pok deb daʼvo qilmaymiz.

Biz Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi aʼzolari Qudratulloh oilasiga chuqur taʼziya izhor qilamiz. Alloh Subhanahu va Taolodan ularga sabri jamil tilab, Oʻzining nusratini tezlashtirishini soʻraymiz. Musulmon yurtlaridagi armiyalardan Islom va musulmonlarni mudofaa qilishni va Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etishni talab qilamiz. Togʻutlar zindonlaridagi barcha mahbus va asir aka-ukalarimiz, opa-singillarimizni ozod etishimiz uchun Alloh Taolo bizga kuch-qudrat bersin. Shu bilan birga, barcha togʻut va ularning tobelariga jazo kechiktirmasin. Zero, Alloh Subhanahu va Taolo har ishga qodir zotdir.

 إِنَّا للهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ 

“Albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta Oʻziga qaytajakmiz” [Baqara 156]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.