Tramp: Suruyada qolishimizni istaysizmi? Pulini toʻlang
AQSh prezidenti Donald Tramp 29 mart kuni AQShning Ogayo shtatida AQShning iqtisodi haqida soʻzlagan nutqida AQSh kuchlarining Suriyadan olib chiqilishini maʼlum qilgan edi. Trampning bu bayonotidan soʻng Saudiya Arabistonining valiahd shaxzodasi Muhammad bin Salmon Amerikaning “Taym” jurnaliga bergan intervьyusida AQSh qoʻshinlarining Suriyadan olib chiqilishi mintaqada beqarorlik yuzaga kelishiga sabab boʻlishini bildirdi.
“Biz AQSh qoʻshinlari uzoq muddatli boʻlmasa ham, Suriyada biroz muddatga qolishiga ishonamiz”, “Agar siz bu qoʻshinni Suriyadan olib chiqsangiz, nazoratni yoʻqotasiz. Bu koridor mintaqada koʻp narsalarning yuzaga kelishiga sabab boʻlishi mumkin” dedi AQSh qoʻshinlarining Suriyada qolishi zarurligini taʼkidlagan Saudiya shaxzodasi.
Shahzodaga koʻra, AQShning mintaqada turishi Eronning mintaqaviy kengayish siyosatiga qarshi kuchli taʼsirga egadir.
Donald Tramp Saudiya Shaxzodasining bu soʻziga javoban, agar Saudiya Arabistoni AQSh qoʻshinlarini Suriyada qolishini istasa, saudiyaliklar kerakli xarajatlarni toʻlab qoʻyishi lozimligini bildirdi.
“Biz Suriyani tark etish rejasi ustida ishlayapmiz. Saudiya Arabistoni bu qarorimiz bilan yaqindan shugʻullanmoqda. Agar Saudlar Suriyada qolishimizni istasa, xarajatini toʻlashlari kerak. Men ularga, yaxshi, siz aytganday boʻlaqolsin. Agar bizning qolishimizni xohlasangiz xarajatimizni toʻlaysiz, dedim.”, deydi AQSh prezidenti.
Turkiston:
Donald Tramp katta Bush singari tarixda Amerikaga urush ortidan siyosiy, harbiy va moliyaviy manfaatlar olib kelgan siyosatchilar qatoridan oʻrin olmoqchi. Vaziyatlarning ketuvi ham uni maqsadga yetishi mumkinligiga dalolat qilyapti!
AQSh Saudiyani Angliyaning siyosiy taʼsiri ostidan chiqarib, oʻziga tobe qilib oldi. Eron, IShID, Turkiya, Asad rejimi ham AQShning taʼsiri ostida. Yaʼni bir biridan xavotirda turgan barcha islomiy mamlakat va quvvatlarning barchasi bir qutbli boʻlib, ularning xojalari ham bitta. Bir biri bilan kelisha olmayotgan xolis musulmonlar ustidagi yetakchi guruhlar AQSh bilan yashirin til biriktirib, uning manfaatlariga xizmat qilish uchun oʻz fuqorolarini kufr fitnalari oloviga tashlab berishdi! Ular bir birlari bilan kelisha olishadi. Yaʼni ular bir birlaridan emas, aynan oʻrtalaridagi AQSh singari yetakchi va mustamlakachi davlatlar ularning nomidan uyushtirishi mumkin boʻlgan fitnalardan qoʻrqishadi. Chunki Salmon, Erdogʻan… singari fosiqlar oxirini oʻylamay, kufr bilan hamkorlikda bu xavfli va fitnalarga toʻla vaziyatni paydo boʻlishida ulkan hissa qoʻshib kelishyapti. AQSh endi oʻz yoʻliga yurishni istamagan mamlakatni, birini ikkinchisi bilan parokanda qilib yubora oladigan vaziyatni paydo qilib oldi! Endi bu islomiy mamlakatlarni birini ikkinchisidan himoya qilib berishi evaziga, milliardlagan mablagʻlar talab qila boshladi!