Tramp: Endi uyga qaytish vaqti keldi

446
0

Tramp: Endi uyga qaytish vaqti keldi

AQSh prezidenti Donald Tramp Boltiq boʻyi davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvidan soʻng tashkil qilingan matbuot anjumanida AQSh qoʻshinlarini Suriyadan chiqish istagi borligini yana bir bor maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy faoliyati davlat byudjetiga qimmatga tushmoqda.

“Suriyadan chiqishni istayman. Askarlarimni uyiga qaytarishlarni xohlayman. Men ularni yurtimizning ravnaqi uchun xizmat qilishlarini istayman. Biz oʻtgan 17 yil davomida Yaqin Sharqda 7 trillion dollar sarfladik. Evaziga esa hech narsa qoʻlga kirita olmadik. Yoʻqotish va oʻlimdan boshqa hech narsaga erishmadik. Bu dahshatning oʻzginasi”, dedi AQSh prezidenti.

Shuningdek Trampga AQSh kuchlari Yaqin Sharqdagi neft konlarini koʻlga kirita olmaganligini qoʻshimcha qildi. Uning aytishicha, Suriya va Iroqdagi neft konlaridan IShID guruhi foydalangan.

“Fuqarolar bilan birga neft maydonlarini himoya qiling dedim, lekin himoya qila olmadik. Kimning qoʻliga oʻtdi? Katta qismi IShIDning qoʻliga oʻtib ketdi va IShID bundan oʻzining kompaniyalarini moddiy taʼminlashda foydalandi. Neft maydonlarini qoʻldan chiqarmasligimiz kerak edi. Biroq IShIDga qarshi hech kim erisha olmagan harbiy muvaffaqiyatni qoʻlga kiritdik. Endi uyga qaytish vaqti keldi va biz uni juda jiddiy qabul qilmoqdamiz. Yaqinda qaror qabul qilinadi”, dedi Tramp.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.