Tolibon “IShID”ga urush eʼlon qildi
Afgʻonistonning Tolibon harakati “IShID” guruhiga urush eʼlon qildi. Bu haqda toliblar bayonotidan iqtibos keltirgan holda afgʻon ommaviy axborot vositalari maʼlum qildi.
Tolibon bayonotida aytilishicha, “IShID bu zamonaviy xarijitlar (murtadlar), beshafqat iymonsizlar va yollanma jangarilar guruhi boʻlib, adovat va nifoq soladi. Afgʻoniston sunniylari, shialari va ismoiliylarini bir-biriga gij-gijlab birdamligini barbod qilishga intiladi, imomlarni oʻldiradi va muqaddas Islom dinini dunyo oldida obroʻsizlantiradi”.
Bayonotda taʼkidlanishicha, urush eʼlon qilishga “IShID” jangarilari tomonidan Jauzjon viloyatidagi Darzob uyezdining bosib olinishi sabab boʻldi. Bu yerda xarijitlar guruhi ogʻir jinoyatlar sodir etib, 20 nafar asirga tushgan mujohidni oʻldirib oʻz taʼsir doirasini kengaytirishga uringan.
Xabarda taʼkidlanishicha, Tolibon barcha tarafdorlarini “bundan-buyogʻiga Afgʻonistonning barcha joyida IShIDni qilgan ishiga yarasha jazolash va mujohidlar uchun oʻch olishga chaqirgan”.
Turkiston:
IShID qanday qilib qisqa fursat ichida Avgʻonistonga kirib keldi-yu, qanday qilib AQSh yenga olmagan Tolibon harakatiga qarshi tura oladigan harbiy quvvatga ega boʻla oldi?! U qaysi chegara orqali Avgʻonistonga kirib keldi? Harbiy texnika va qurollarini chegaradan qanday olib oʻtdi? Maqsadi nima? Nahot bu savollar Tolibonni hamda butun Islom ummati vakillarini qiziqtirmasa?! Qachongacha kufr nayranglariga aldanib, oqibatda oʻz manfaatlarimizga zid ravishda ularning manfaatlari tomon yurishga majbur boʻlgan holda bir birlarimizni oʻldirib yuraveramiz! IShIDni Amerikaning oʻzi Avgʻonistonga harbiy uchoqlar bilan olib oʻtgani va ularni oʻsha yerda atayin shakllantirib, har tomondan dastaklab borayotgani Hammaga maʼlumku! Nahot Avgʻon musulmonlarining shuncha koʻrgan musibatlari yana yangidan boshlansa!
IShIDni Avgʻonistonda shakllantirishidan AQShning maqsadi, Oʻrta Osiyoni qoʻrqitish orqali mintaqadagi harbiy holatini kuchaytirib olishdir. Shuning bilan birga u, Xitoyni sharqiy tomonidagi oʻzining harbiy bazalarini kuchaytirib olmoqchi boʻladi. Bu keskinliklardan Islom va musulmonlar uchun qanday manfaat bor?!