Rossiya ham 60 nafar Amerika diplomatlarini chiqarib yubormoqda
Moskva Vashingtonning harakatlariga qarshi javob yoʻlladi va 60 nafar amerikalik diplomatlarning chiqarib yuborilishi hamda Sankt-Peterburgdagi AQSh Bosh konsulligi faoliyatiga rozilikni chaqirib olayotgani haqida eʼlon qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Moskvadagi Amerika elchixonasining 58 nafar xodimi hamda Yekaterinburgdagi ikki xodim chiqarib yuborilayotganini taʼkidlagan. Diplomatlarga 5 aprel sanasiga qadar Rossiya hududini tark etish majburiyati eʼlon qilingan. Peterburgdagi konsullik binosini esa 31 mart sanasiga qadar tark etishlari lozimligi aytib oʻtilgan.
Rossiya diplomatiyasi rahbari, shuningdek, Moskva Vashington singari harakat qilgan barcha mamlakatlarga nisbatan xuddi shu tarzda choralar qoʻllanilishini aytgan.
AQSh Davlat departamenti vakilining fikriga koʻra, Sankt-Peterburgda Bosh konsullikning yopilishidan Qoʻshma Shtatlarga borish uchun vizaga ehtiyoj sezgan rossiyaliklar jabr chekishi mumkin.
Maʼlumki, Rossiya va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi munosabatlar Solsberida yuz bergan hodisa – britaniya maxsus xizmatlariga ishlagan Razvedka bosh boshqarmasining zaxiradagi sobiq polkovnigi Sergey Skripalь va uning qizi zaharlanishidan keyin oʻtkir tus oldi.
Shundan soʻng, Britaniya Rossiyaning 23 diplomati chiqarib yuborilishi va Rossiya bilan oliy darajadagi munosabatlar muzlatib qoʻyilganini eʼlon qildi.
Moskva bunga qarshi javob qaytardiib Britaniyaning 23 diplomati mamlakatni tark etishi, Sankt-Peterburgda Britaniya elchixonasi ochilishiga rozilikni chaqirib olinishi va Britaniya kengashining faoliyati toʻxtatilishi maʼlum qilindi.
Buyuk Britaniyani Yevropa Ittifoqining 16 mamlakati, shuningdek AQSh, Kanada, Norvegiya, Avstraliya, Moldaviya, Albaniya, Makedoniya va Ukraina qoʻllab-quvvatladi.