Toshkentda “EI – Markaziy Osiyo” formatidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi

689
0

Toshkentda “EI – Markaziy Osiyo” formatidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi

 “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferentsiyasi doirasida “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” formatida tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

 Unda Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov, Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Vepa Xadjiyev va Yevrokomissiya prezidenti oʻrinbosari, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Federika Mogerini mintaqalararo hamkorlikka oid dozarb masalalarni muhokama qildi.

 Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi ishlar vazirligi rahbarlari Yevropaning 2009 yilda YeIning mintaqamizga oid yangilangan strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilishga doir rejasini maʼqulladi hamda Markaziy Osiyo davlatlarining mazkur jarayonda faol ishtirok etishiga doimo tayyor ekanini bildirdi.

 Uchrashuvda, shuningdek, mintaqada iqtisodiy, hududlararo yoʻnalishlardagi hamkorlikni, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, ilmiy va taʼlim sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari haqida ham soʻz yuritildi.

 Tadbirda Afgʻonistondagi ahvolni barqarorlashtirish va poytaxtda oʻtkaziladigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Toshkent konferentsiyasi arafasida ushbu davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 Xususan, Yevropa Ittifoqi tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarining Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, uni xududiy iqtisodiy va infratuzilma aloqalariga jalb qilishga doir saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashi boʻyicha fikr almashildi.

 Tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvini joriy yilning ikkinchi yarmida Bryusselь shahrida oʻtkazishga qaror qilindi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.