Turkiyada Tavhid bayrogʻi uchun 3 yil qamoq jazosi berildi

1344
0

Turkiyada Tavhid bayrogʻi uchun 3 yil qamoq jazosi berildi

Uyida Rosululloh s.a.v.ning bayrogʻini saqlagan Salohiddin Koch Istanbul oliy sudi tomonidan jinoyatchi deb topildi. Fecbuk tarmogʻida poylashilgan Islomiy ramzlar va koʻpchilikning uyida mavjud boʻlgan tavhid bayrogʻi Salohiddin Kochga 3 yil qamoq jazosi berilishiga sabab boʻldi. Salohiddin Kochning uch farzandidan ikki nafari aqlan va jismonan nogironligi eʼtiborga olinmadi. Bu haqida Salohiddin Kochning advokati huquqshunos Abdurahmon Ozdemir maʼlum qildi.

Advokat Ozdemirning taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda Islomiy ramzlar musulmonlar qalbiga qoʻrquv solish maqsadida qoʻllanilmoqda. Unga koʻra, shu paytgacha Muslimalarning hijoblari va rumollari qoʻrqinchli qilib tasvirlangan boʻlsa, endilikda Tavhid bayrogʻi orqali musulmonlarning qalbiga qoʻrquv solinmoqda.

“Har bir musulmonning uyida mavjud boʻlgan tavhid bayrogʻi “terrorchi” tashkilotlarning bayrogʻi sifatida koʻrsatilib, musulmonlarga qarshi daʼvo ochilmoqda va bu daʼvolar natijasida ular ustidan hukm oʻqilib, qamoqqa tashlanmoqda. Bunga eng yorqin misol 15 mart kuni Istanbul mahkamasida amalga oshirilgan sud hukmidir. Aynan shuning uchun Salohiddin Koch ismli shaxs 3 yil qamoq jazosiga hukm qilinib, Silivri qamoqxonasiga yuborildi. Ota-bobolarimiz Islom bilan birgalikda bizga omonat qilib qoldirgan ushbu yurtda haqiqatga zid ravishda amalga oshirilgan bunday sud hukmi bizning eʼtiqodimizga nisbatan haqorat boʻlib, bu qarorni darhol bekor qilish zarurdir. Tavhid bayrogʻi va Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning muhri barcha musulmonlar uchun umumiy boʻlib, biron bir tashkilot yoki guruhga nisbat berilmaydi”, deydi advokat Abdurahmon Ozdemir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.