Saudiya valiahdi: Saudiyalik ayol rumol oʻrab, hijob kiyib yurishga majbur emas

1408
0

Saudiya valiahdi: Saudiyalik ayol rumol oʻrab, hijob kiyib yurishga majbur emas

Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Salmon “CBS” jurnalisti Norah ODonnell bilan suhbatda saudiyalik ayollarning kiyimlari haqidagi savolga javob berdi. Valiahd shaxzodaga koʻra, saudiyalik ayollar oʻz hurmatlariga loyiq kiyinar ekan, rumol oʻrash va qora hijob kiyishga majbur emaslar, qanday kiyinishni ayollarning oʻzlari tanlashlari lozim.

 “Sharʼiy shartlar asosida chiqarilgan qonunlar juda aniq. Ayollar ham erkaklar kabi toʻgʻri va oʻz hurmatiga loyiq tarzda libos kiyaveradi. Bu albatta alohida qora hijob, qora niqob kiyish va rumol oʻrash shart degan maʼnoni anglatmaydi. Qaysi turdagi oʻzlariga munosib kiyimni tanlash ayollarning oʻzlariga havola”, dedi Muhammad bin Salmon yakshanba kuni efirga uzatilgan CBS televizion kanaliga bergan intervьyusida.

Oʻtgan oyda, diniy yetakchilardan biri ham ayollar kamtarona libos kiyishlari zarurligi, biroq bu “albatta hijob kiyish shart” degan maʼnoni anglatmasligini bildirgan edi. Saudiya Valiahdining ayollarning kiyimi haqidagi bu bayonoti uning AQShga safari oldidan yangrashi eʼtiborga molikdir. Shu paytgacha Saudiyada hijobsiz yurgan ayollar politsiya tomonidan qoʻlga olinib, mahkamada jazolanar edi.

Shuningdek, Muhammad bin Salmon ayollarga stadionlarga kirish, konsertlarda ishtirok etish uchun izn berdi. Saudiya ayollari 8 mart butun jahon ayollar kunida yangi huquqlaridan foydalanib, Jidda shahrida ayollar marafoni tashkil qilishdi.

Jurnalist Norah ODonnellning “Sizni bundan toʻxtatadigan biror narsa bormi?”, degan savoliga Saudiya valiahd shahzodasi “Faqat oʻlim”, deb javob berdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.