Yahud vujudi istagan paytda falastinliklari mamlakatdan badargʻa qilishi mumkin

866
0

Yahud vujudi istagan paytda falastinliklari mamlakatdan badargʻa qilishi mumkin

 (Isroil) parlamenti falastinliklarga oid yangi qonun qabul qildi. Mazkur qonun Quddusdagi har qanday falastinlikni mamlakatda yashash huquqidan mahrum qilish imkonini beradi. Bunga uning yahud vujudiga boʻlgan sadoqatsizligini sabab qilib koʻrsatilishning oʻzi kifoya.

Oʻtgan chorshanba kuni tasdiqlangan qonun loyihasi, yashash huquqini notoʻgʻri maʼlumotlarga tayanib olganligi daʼvo qilingan va (Isroil) Ichki ishlar vazirligi nazarida ustidan jinoiy ish ochilgan falastinliklarga nisbatan ham amalga oshiriladi. Shuningdek yangi qonun loyihasi davlat tomonidan xorijiy immigrantlar hisoblanadigan Sharqiy Quddusdagi 420 ming falastinlikni ham oʻz ichiga oladi.

Ultra-pravoslav rahbari (Isroil) Ichki ishlar vaziri Arьe Derining taʼkidlashicha, tahdid oʻlaroq koʻrilgan har qanday falastinlik shaxsning yashash sertifikatlari yangi chora-tadbirlar doirasida bekor qilinadi. Deri oʻzining Twitter sahifasida, bu qonun yahud vujudi fuqarolarining xavfsizligini himoya qilish maqsadida amalga oshirilganligini bildirdi.

Shahardagi falastinliklarga faqat sayohat maqsadida ishlatiladigan “doimiy istiqomat” guvohnomalari va vaqtinchalik Iordaniya pasportlari beriladi. Ammo ular (Isroil) fuqaroligiga ega boʻlmaydi, ayni paytda Iordaniya yoki Falastin fuqarolari boʻlib ham sanalmaydi.

Xorijiy davlatlarning birida boʻlsin, yoki yahud ishgʻoli ostidagi Gʻarbiy sohilda boʻlsin, maʼlum bir vaqt Quddusning tashqarisida yashagan har qanday falastinlik uchun oʻz vatanida yashash huquqidan mahrum boʻlish xavfi mavjud.

1967 yildan buyon Yahud vujudi kamida 14 ming falastinlikning oʻz diyorida yashash maqomini bekor qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.