Moʻʼtadil islom olamiy kufr sistemasining ulkan loyihasidir
Uning Islom va musulmonlar uchun olib kelishi mumkin boʻlgan kasofatlari
Demokratiyaga asoslangan olamiy kapitalistik kufr mafkurasi Islom mafkurasidan magʻlub boʻldi! 2010 yilning boshida AQSh prezidenti Barak Obama kongress oldida soʻzlagan nutqida, “Biz endi islomiy mamlakatlarda oʻz askarlarimizni jonini xavfga qoʻymaymiz. Endi ular oʻz yurtlaridagi “terrorizm, ekstremizm”ga qarshi va ularni xavf xatarlarini oldini olish uchun oʻz imkoniyatlari bilan harakat olib borishadi. Biz faqat ularga bu ishlariga yordam koʻrsatamiz” degan maʼnodagi yangi strategiyasini eʼlon qilgan edi.
“Moʻʼtadil islom” loyihasi xuddi ana oʻsha Obamaning strategiyasi boʻyicha kirib kelyapti. Yaʼni bu loyiha, islomiy mamlakatlarda shakllanib borayotgan mabdaiy islomiy mafkuraga qarshi, hokimiyat vakillari, xavfsizlik xizmati, organ xodimlari, islomiy taniqli shaxslar, islomiy jamoalar, muftiyot, imomlar va jamoatchilik faollarini oʻziga jalb qilish asosiga qurilgan. Moʻʼtadilchilar asosiy eʼtiborlarini jamoatchilikni oʻz taʼsirlari ostiga olishga qaratishadi. Ular oʻzlari koʻtarib chiqishayotgan buzuq robitalari bilan omi xalqni chalgʻitib, ularni kufr bilan murosa asosidagi gʻayriislomiy aloqalarga chaqirib borishyapti! Moʻʼtadilchilarni bu yoʻlda “Iymon fondi” singari tashkilotlar moliyaviy dastaklab kelishyapti. Organ va xavfsizlik xizmat xodimlari esa, moʻʼtadilchilarni qoʻrquvda ushlab borishadi. Shuningdek, ularning gʻalamis ishlariga qarshilik qilayotgan musulmonlarni qoʻrqitish yoki qamoqqa olish bilan moʻʼtadillikka yoʻl ochib borishadi.
“Moʻʼtadil islom” kufr loyihasining islomiy mabdaiy daʼvat uchun xavf xatarlari haqida:
Kufr olamiy boshqaruv sistemasi ushbu loyihadan “dinni hayotdan ajratish kerak” degan kufr aqidasiga asoslangan va islomiy yurtlarda amalda hukm surib kelayotgan kapitalistik mafkuraga islomiy tus berib borishni maqsad qiladi. Bu esa Ummatni zulmat domiga tortib borayotgan islomiy koʻrinishdagi kufr boshqaruv sistemasining umrini uzaytirishga yordam beradi, uni jamiyatda yetakchi fikr sifatida saqlab qoladi. Natijada kufr sistemasi bitta harakat bilan ikki manfaatni qoʻlga kiritgan boʻladi. Yaʼni, kufr bir musulmonni nafaqat Islomdan chalgʻitadi, balki ikkinchi maqsadi boʻlgan, uni kufr xizmatchisiga aylantirib oladi. Chunki u moʻʼtadilchi musulmon bir oz vaqt oʻtgach, oʻzi tarqatib borayotgan “moʻʼtadil islom”ini himoya qila boshlaydi. Natijada moʻʼtadillik tushunchasiga qarshi turgan har qanday kuchni bartaraf qilishga astoydil bel bogʻlaydi. Oʻzida quvvat yoʻq ekanligidan, u endi kufr tashkilotlari va mahalliy organ xodimlari bilan hamkorlik qilishga kirishadi, Ummatni ham shunga targʻib qila boshlaydi. Chunki uning uchun endi ortga yoʻl yoʻq!
Bu holatni hozirda bartaraf qilish mumkin! Buning uchun mabdaʼiy daʼvatni oʻz gardaniga olgan Hizb ut-Tahrir aʼzolari, yaʼni biz avval bu kufr loyihasini naqadar xatarli ekanini aqlan sezishimiz kerak. Soʻng kufrning bu loyihasi aynan bizga qaratilganligini va bizni daf qilib olish ortidan butunlay mafkuraviy daʼvatni jamiyatdan siqib chiqarib yuborishni maqsad qilayotganini anglab yetishimiz zarur! Ana undan keyin “Moʻʼtadil islom” loyihasiga qarshi kurashish Qirgʻizistonda Hizb aʼzolari uchun shu kunga kelib hayotiy masala darajasiga yetib borayotganini anglashimiz mumkin boʻladi!
“Moʻʼtadil islom”ga qarshi kurash uslubi
Moʻʼtadilchilar islomiy iymoniy muhitni oʻz raʼylari bilan oʻzgartirib yubormoqchi boʻlishyapti. Ular iymonni saqlab qolish uchun kufr bilan murosa qilishga chaqirayotib, bu ishlari bilan iymonni sotib yuborishayotganini anglay olishmayapti. Demak biz, kufrga qarshi kurashni quyidagicha olib boramiz:
Kufr loyihasi asosida kirib kelayotgan fikrlarga islomiy tus berib, jamiyatga olib kirishga boʻlgan urinishlarni tubdan xato va kufrning nayrangi ekanini ochiq daʼvat bilan jamiyatga yetkazishimiz vojib. Yaʼni fikriy kurashni kuchaytirish kerak.
Islomiy muhitni saqlab qolishni asos qilib, moʻʼtadillikdan taʼsirlanib qolgan islomiy shaxs, jamoa va imomlarga qarshi siyosiy yoki fikriy kurashga kirib qolishdan ehtiyot boʻlish kerak. Chunki moʻʼtadilchi yoʻnalish vakillari taʼsiri ostida na siyosat va na mustaqil fikr mavjud emas. Demak siyosiy kurash faqat siyosat egalari bilan, fikriy kurash ham oʻsha kurashilayotgan fikrlarning haqiqiy egalari bilan olib borilishi zarur. Moʻʼtadillikdan taʼsirlanib borayotgan birodarlardan umid uzilmagan ekan, ularni atayin xos yoki jamoiy ziyoratlarimiz bilan mabdaiy Islomga chaqirib boramiz.
Kufr xizmatchilarining malomatidan qoʻrqmay, daʼvatda dadillik va shijoatni namoyon qilish kerak. Biz jamiyatdagi oʻrnimizni, yaʼni mabda va amaliy qoidaga asoslangan iymoniy muhitni boy berib qoʻyar ekanmiz, jasadimizni bu jamiyatda hech qanday taʼsiri qolmaydi. Bugun kufr bizlardan zarracha qoʻrqayotgani yoʻq! U, jamiyatdagi biz yoki bizdan avvalgilar shakllantirib olgan iymoniy muhitdan qoʻrqadi. Ular mabdaiy Islom bilan bizning oʻrtamizdagi uygʻunlikdan, yaʼni bizni mabda bilan birlashib, islomiy shaxsiya boʻlib olganimizdan qoʻrqishadi! Shu uygʻunlikni yoʻqotsak, ular bizni zaif jasadimizni bir hamla bilan yoʻq qilib yuborish mumkin ekanini yaxshi bilishadi! Demak vaziyatni tiniq anglagan holimizda, islomiy shaxsiya sifatimizni saqlab, mabdaiy daʼvatda shijoat bilan kurashni davom ettirib borishimiz kerak!
Kufr “moʻʼtadil Islom” loyihasi asosida olib kirib kelayotgan daʼvatga qarshi Ummatda islomiy mabdaiy qarshilik ruhini paydo qilish lozim. Yaʼni, moʻʼtadillik Ummat ichiga hali yorib kirishga ulgurmay turib, musulmonlarda unga qarshi islomiy mabdaiy immunitet paydo qilib ulgurishga qattiq eʼtiborni qaratish lozim. Bu esa, kufr tomonidan olib borilayotgan buzuq tashviqotlar hali oddiy xalqqa yetib bormagan boʻlsa ham, bu tashviqotlarning Islom va iymonimizga xavf xatarlari haqida oddiy xalqni ogohlantirib borish kerakligini anglatadi.
Hokimiyatga qarshi siyosiy kurashni kuchaytirish kerak. Hokimiyatga qarshi kurash islomiy jamoalarga qarshi harakatlarimizdan tubdan farq qiladi. Yaʼni hokim tabaqaning moʻʼtadillikka chaqirilayotgan islomiy shaxslar ustidagi zoʻrovonliklari, xoinliklari va majburlash bilan ularni kufrga rozi qilish siyosatlarini ochib berish bilan siyosiy kurash olib boriladi. Bundan tashqari, ularni Ummat yoki umuman fuqarolar ustida olib borishayotgan zulmlarini fosh qilib borish maqsadida, keng koʻlamda siyosiy kurashlar kuchaytiriladi.
Demak, kufr tomonidan Islom va musulmonlarga kelayotgan barcha xavf xatarlar, faqat zimmamizdagi vojib vazifalarimizni ado qilishga jiddiy eʼtibor qaratishimiz bilangina bartaraf etiladi! Bu vazifalarimiz esa, Hizbning siyosiy va fikriy kurash olib borish tabiatini mustahkam ushlab borish bilangina ado boʻladi, insha Alloh. Agar boʻyin tovlab, amaliy qoidaga rioya qilmay va mabdaiy daʼvatni Ummatga koʻtarib olib chiqishda sustlik qilsak, kufr aqidalari biz boʻshatib qoʻyayotgan muhitlarni egallab boradi. Ular bizlarning koʻz oʻngimizda imomlarni oʻz muridlariga aylantirib olishyapti. Jamiyatda xavfsizlik jihatni roʻkach qilib, Islom va musulmonlarni hukumatga sotib berishni urfga aylantirish ishlarini olib borishyapti. Hukumat esa, biror kishini qamoqqa olish uchun oddiy fuqarolardan birining bir tomonlama koʻrsatmasi kifoya qiladigan darajada huquqiy muhit yaratish ustida ish olib boryapti. Qisqasi kufr sistemasi “Moʻʼtadil Islom” loyihasi asosida hamkorlik va birdamlik asosida harakatlanadigan mexanizmni deyarli tayyorlab boʻldi. Endi bu moʻʼtadilchilar armiyasi bilan Ummatni zaharlash uchun harakat mexanizmini ishga solishmoqchi. Ular har bir masjid, shahar, qishloq va mahallalarda jamoiy ziyorat qilish uslublarini kuchaytirishmoqchi. Bu harakatlari hozircha masjidlarda va mahalla boshchilarining yigʻinlarida koʻrina boshladi. Ular biz beparvo qoldirayotgan barcha tarmoqlarni oʻz nazoratlariga olishmoqchi. Organ xodimlari esa, biz bilan tinchlik bitimi tuzgandek bizni “tinchlik boʻlsa hammamizga yaxshi emasmi” degan chalgʻituvchi kelishuvga tortishyapti. Lekin hozir tinchlik moʻʼtadillikning poydevorini qurib olishi uchungina kerak boʻlyapti. Yaʼni ular bizni dogʻda qoldirib, vaqtdan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishmoqchi. Bu uslub aynan Oʻzbekistonda qoʻllanilgan. Bu yerda ham muhit kufrga mos shakillanib boʻlganda “16 fevral voqeasi” uyushtiriladi.
Birodarlar, beparvo boʻlmaylik! Kufrning har bir harakatlariga islomiy mabdaiy pozitsiyalarimizdan turib qaqshatqich zarba berib boraylik. Hozircha vaziyat qoʻldan boy berilgani yoʻq. Vaqt borida kufrning keyingi rejalarini barbod qilib yuboraylik. Aks holda kech boʻlib, vaziyatni qayta oʻnglash uchun bir necha oʻn barobar koʻp kuch sarflash kerak boʻladi. Alloh barchalarimizni sobit qadam qilsin! Uning nusratiga loyiq holda turishimizni, yashashimizni va oʻlishimizni nasib etsin, Omin!
Birodaringiz, Qirgʻiziston
26-robius-soniy 1439 h
13 fevral 2018 m