Sharqiy Gʻuta bolalari qirgʻin qilinmoqda! Ularning hayotini kim himoya qiladi?

855
0

Sharqiy Gʻuta bolalari qirgʻin qilinmoqda! Ularning hayotini kim himoya qiladi?

Britaniyadagi inson huquqlari boʻyicha Suriya observatoriyasi 22 fevral kuni Sharqiy Gʻutada soʻnggi besh kun ichida 400 kishi oʻldirilganini va oʻldirilganlar orasida 150 nafar yosh bola borligini aytib chiqdi. Darhaqiqat, Sharqiy Gʻuta Suriya va Rossiyaning yovuz kuchlari tomonidan shafqatsizlarcha bombalandi. Bu yovuz kuchlar tinch fuqarolar, uy-joylar, savdo doʻkonlari, maktablar, shifoxona va bozorlar ustidan kutilmaganda bomba yogʻdirishgan. Buning oqibatida yosh bolalar vayronalar ostida qolib ketgan. Oʻlim navbati kelishini kutgan yosh bolalar chuqurliklarga, pana joylarga va uylar yertoʻlalariga qochishga majbur boʻlishgan. Shifokorlar muddatidan oldin tugʻilgan chaqaloqlarni va tugʻruqxonada yangi tugʻilgan chaqaloqlarni yertoʻlalarda parvarish qilishga majbur boʻlishmoqda. Ular qaqshatqich sovuqda oʻlimga yuzma-yuz kelishmoqda. BMT bosh kotibi bu vaziyatni “erdagi jahannam” deb atadi. Qariyb besh yildan beri Suriya rejimi tomonidan shafqatsizlarcha qamal qilinishi sababli Sharqiy Gʻuta oziq-ovqat, yoqilgʻi va dori-darmon yetishmasligidan qattiq qiynalmoqda. Bu holat ommaviy ocharchilikka olib keldi va bu ocharchilik boshqalardan koʻra koʻproq yosh bolalarga taʼsir qildi. BMTga koʻra, besh yoshga toʻlmagan bolalarning taxminan 12 % toʻyib ovqat yemaslikdan aziyat chekadi. Holat shu darajada fojialiki, oʻlimga duchor boʻlayotgan onalar bolalarining aziyati barham topishi uchun Alloh ularning jonini olishini yoki ularga oʻlim yetib kelishidan oldin qorni ovqatga toʻyib rohatlanishini umid qilishmoqda. Ular bombalanish oqibatida oʻlimdan qutulib boʻlmaydi, deb bilishmoqda.

Biz sharqiy Gʻutada och qolgan yosh bolalar boshi uzra bombalar yogʻilayotganini va ular qirgʻin qilinayotganini koʻrmoqdamiz. Biz qonga belangan kafanga oʻralgan, qator-qator tizilgan jonsiz bolalarga… ovqat uchun, ochlikdan oʻlayotgan yosh goʻdaklarini taomlantirish uchun yigʻlayotgan Gʻutadagi onalar koʻz yoshiga… ushbu muborak zaminning toʻliq yakson qilinayotganiga… aka-ukalarimiz, opa-singillarimiz qirgʻin qilinayotganiga… qonxoʻr Bashar tomonidan quruqlik hujumiga va navbatdagi qirgʻinlarga tayyorgarlik ketayotganiga guvoh boʻlmoqdamiz. Bu qirgʻinlar Halabda yuz bergan qirgʻindan ham yomonroq boʻlishi mumkin. Ushbu yovuzliklarga qaramay, xalqaro hamjamiyat, BMT va Islom olami rejimlari qon toʻkilayotganini koʻra turib, buni koʻrmaslikka olishmoqda. Ular yosh bolalar qotili boʻlgan Bashar va uning ittifoqchilari hech bir jazosiz qirgʻinni davom ettirishiga rozilik berishmoqda. Ular inson hayotini, inson huquqini va bolalar huquqini himoya qilishga doir barcha kelishuvlarini yopib bir chetga olib qoʻyishdi. Aniqki, ushbu “alangali jahannam” ularning insoniyligini uygʻotishga yetarli emas. Ular uchun Gʻuta farzandlari qoni daryo boʻlib oqishi ularning ushbu mintaqa qoniga boʻyalgan siyosiy manfaatlarini roʻyobga chiqarish uchun toʻlov boʻlishga arziydi. Aftidan, ular oʻz maqsad va istaklarini amalga oshirish uchun qilishga tayyor boʻlgan bu shafqatsizlikning cheki yoʻq koʻrinadi.

Faqat oʻz manfaatlari uchungina ishlaydigan Gʻarb hukumatlaridan, shu jumladan BMT va Islom olami rejimlaridan biroz boʻlsa-da umid qilish mumkin emasligini koʻrsatib qoʻyish uchun bu yerda qoʻshimcha isbotga hojat yoʻq. Modomiki ular Gʻuta bolalarini yordamsiz qoldirib ularni oʻlim topishga tashlab qoʻyishgan ekan, Suriyadagi musulmonlarni himoya qilishlarini ulardan umid qilish mumkin emas. Ular “tinchlik tashabbusi” deya nomlangan tashabbusni koʻtarishgan paytda aralashuvlar va taklif qilingan yechimlar qonxoʻr Basharga musulmonlarni badnom qilish, ularga zoʻravonlik qilib qirgʻin qilish uchun imkoniyat yaratishdan boshqa narsa bermadi. Biz ekran orqali guvoh boʻlayotgan Sharqiy Gʻutaning qoʻrqinchli ahvoli oʻsha “tinchlik tashabbusi”ning haqiqiy yuzi Rossiya, Turkiya, Eron va Xalqaro hamjamiyat nazdida qanday boʻlishini koʻrsatdi. Holbuki, Sharqiy Gʻuta oʻtgan yili Ostonada boʻlib oʻtgan tinchlik soʻzlashuvida “xavfsiz hudud” deya belgilangan edi.

Gʻutada sodir etilgan ushbu yovuzliklar manzarasida Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi ayollar qanoti internet tarmogʻi orqali “Gʻuta bolalarini kim himoya qiladi? degan nom ostidagi kampaniyani boshladi. Bu kampaniya davomida butun Islom Ummati, xossatan musulmonlar armiyalaridagi kuch egalari paygʻambarlik minhoji asosidagi Roshid Xalifalikni tez-surʼatda barpo qilishga chaqiriladi. Chunki faqat Xalifalik bashariyat hayoti uchun qaygʻuradi va u moʻminlar qalqoni boʻladi. Shuningdek u, Shomda alanga olgan ushbu jahannamga va dunyoning har tarafidagi musulmonlarning qirgʻin qilinishiga chek qoʻyadi.

 وَمَا لَكُمْ لاَ تُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللهِ وَالْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الرِّجَالِ وَالنِّسَاء وَالْوِلْدَانِ الَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا أَخْرِجْنَا مِنْ هَـذِهِ الْقَرْيَةِ الظَّالِمِ أَهْلُهَا وَاجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيًّا وَاجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيرًا

“(Ey moʻminlar), sizlarga nima boʻldiki, Alloh yoʻlida va “Parvardigoro, bizni egalari zolim boʻlgan bu shahardan ozod qil va bizga oʻz huzuringdan bir doʻst bergin, bizga oʻz huzuringdan bir yordamchi qilgin”, deyayotgan erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat boʻlgan bechoralar(ni ozod qilish) yoʻlida jang qilmayapsizlar?!” [Niso 75]

D. Nasrin Navoz

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi mudirasi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.