Turkmanistonda  un xarid qilish uchun maxsus maʼlumotnoma va qayd etish shart boʻlib qoldi

1036
0

Turkmanistonda  un xarid qilish uchun maxsus maʼlumotnoma va qayd etish shart boʻlib qoldi

Turkmaniston aholisi un mahsulotiga ehtiyoj sezgan taqdirda, ulardan tuman maʼmuriyatining maʼlumotnomasi talab qilinadi. “Xroniki Turkmenistana” nashri jurnalistlarining xabar berishicha, spravkaga ega  boʻlgan inson, oilasi uchun bir oy davomida bir qop (50kg) un xarid qilishi mumkin.

Ushbu cheklovlar bois aholi vakillari “Gengeshey” (mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish  organlari) binosi oldida, maʼlumotnoma (spravka) olish ilinjida uzundan uzun navbat kutib turishmoqda. Har doimgidek Turkmanistoda un tanqisligi mavjud. Masalan, Doshogʻuz viloyatidagi muammoni hal qilish uchun, boshqa mintaqalardan un keltirish zarurati tugʻilmoqda.

Bundan tashqari odamlar na faqat un xarid qilish uchun, balki kundalik hayot uchun zaruriy hisoblangan non mahsulotini qoʻlga kiritish uchun ham navbatda turishadi. Ustiga ustak sotuvchilar oziq-ovqat mahsulotini sotish jarayonida xaridorlardan propiska talab qilishadi. Mahsulotni faqat oʻsha tuman aholisiga sotishadi xolos.

Bundan avval  Radio “Azatlыk”, Dashogʻuz viloyati aholisining un mahsulotiga boʻlgan ehtiyoji toʻlaqonli amalga oshmayotgani xususida xabar bergan edi. Xabarga koʻra, Dashogʻuz viloyati aholisidan un xarid qili asnosida gaz va elektrga oid toʻlov kvitantsiyalar talab qilingan, agar gazdan, svetdan qarzi boʻlmasagina xaridorga un sotiladi.

Eslatib oʻtamiz oʻtgan 2017 yili Turkmanistonda 1 million 600 ming tonna bugʻdoy yetishtirilishi koʻzda tutilgan edi, biroq faqat 1 million tonna hosil olindi. Natijada, mamlakatda un tanqisligi paydo boʻlib, un savdosida maxsus cheklovlar joriy qilindi. Joriy yilning 19 fevralida davlat prezidenti yangi qaror chiqardi. Qarorga koʻra, barcha viloyatlarning hokimlariga bu yilgi gʻalla ekish ishlariga maxsus eʼtibor berishligi talab qilinadi. Prezidentning  taʼkidlashicha, agar yerlarga yaxshi ishlov berilsa va vaqtida sugʻorilib, kerakli oʻgʻitlar bilan quvvatlantirilsa, hosil unumli boʻlishi muqarrar.

Turkiston:

Odatda Turkmaniston haqidagi xabarlarni oʻqigan inson bir karra hushyor tortadi. SSSR parchalangandan soʻng boshqa SNG davlatlaridan farqli oʻlaroq, Turkmanistonda diktatorlik rejimi osonlikcha barpo boʻldi. Zero sobiq prezident Saparmurad Niyazov oʻz hukmronligi davrida fuqarolarni qattiq bosim bilan oʻz rejimiga boʻysindirib ish yuritgan edi. Mamlakatning ichki ishlari toʻgʻrisidagi xabarlar maxfiy tutilgan va barcha axborot vositalari ham qattiq nazorat ostida olingan edi. Mamlakat sir-asrorlari tashqariga yoyilmasligi, umuman ichkarida yuz berayotgan hodisa jarayonlari oshkor boʻlmasligi taʼminlangan edi.

Demak, Turkmaniston haqidagi har qanday xabarlarning hammasi, goʻyo kommunizmdagi kabi xom-xayol, choʻpchak ekan. Yuqoridagi maʼlumotlardan xulosa qilib ayta olamizki, “Turkmanistonda,  gaz, svet bekor ekan”, degan gaplar asossiz boʻlib chiqdi.

Oʻz Parvardigori hukmiga qarshi chiqqan, mamlakatda dindorlar uchun qattiq cheklovlar belgilagan, dindorlarni umrbod qamoq jazosiga mahkum etgan va muqaddas Kitob – oʻz Yaratuvchisining kalomi bitilgan Qurʼoni Karimni yoqib yuborgan rejimdan adolat kutish mumkinmi?

Prezident “men qaror chiqarsam va buyruq qilsam albatta hama ishlar joyida boʻladi”, deb oʻylasa kerak. Holbuki rizq egasi Allohdir! Agar Alloh yerdan barakani koʻtarsa, bandasining ming qonun loihalari, qarorlari foyda keltirolmaydi! Agar butun dunyo mutafakkirlari birlashib, iqtisod taraqqiyoti uchun bosh qotirsalar ham, baribir bu mehnatning samarasi nuqsonliligicha boʻlib qoladi.

Faqat Shariat hukmronligi ostida adolat barqaror boʻladi. Iqtisodiyot faqat  sharʼiy ahkomlar asosida barpo boʻlsagina, yashash tarzi yaxshilanadi.  Zero eng haqiqiy mezon va adolat faqat Shariatida mavjuddir. Assalomu alaykum.

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.