Rossiya oʻz fuqarolarini AQSh razvedkasining “ov”idan ogohlantirdi

638
0

Rossiya oʻz fuqarolarini AQSh razvedkasining “ov”idan ogohlantirdi

Rossiya oʻz fuqarolariga chet elga sayohat qilishdan oldin ikki marta oʻylab koʻrish lozimligi haqida maslahat berdi. Chunki Qoʻshma Shtatlar butun dunyo boʻylab ruslarni hibsga olish uchun “ov”ga chiqqan. Bu haqida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi oʻzining rasmiy saytida eʼlon qildi.

Vazirlik oʻzining bayonotida chet elga safar qilayotgan rus fuqarolari AQSh xavfsizlik xizmati va razvedka idoralarining talabiga binoan boshqa mamlakatlar tarafidan hibsga olinishi va AQShga topshirilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

“Rossiya hukumatining Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan jinoiy masalalarda oʻzaro huquqiy yordam shartnomasi asosida hamkorlik oʻrnatish urinishlariga qaramasdan, AQSh razvedkasi butun dunyodagi ruslarni “ov” qilishini davom ettirmoqda”, deyiladi vazirlikning rasmiy saytida.

Vazirlikning xabar berishicha, faqat 2017 yilning oʻzida Vashingtonning talabiga binoan xorijiy mamlakatlarda oʻndan ortiq Rossiya fuqarosi hibsga olingan.

“Yuqorida keltirilgan vaziyatlarni hisobga olgan holda, Rossiya fuqarosi chet elga sayohat qilishni rejalashtirayotgan paytda, ayniqsa, AQSh xavfsizlik xizmatlarining iddaolari mavjud ekan, biz ularga diqqat bilan barcha xavf-xatarlarni nazardan qochirmaslikni tavsiya etamiz”, deya qoʻshimcha qilinadi bayonotda.

Vazirlik rus fuqarolariga Vashington bilan ekstraditsiya masalalari boʻyicha kelishuvga ega boʻlgan mamlakatlarga eʼtibor qaratishni maslahat beradi. Ammo AQSh davlat departamenti esa hozircha bu masala haqida sukut saqlashni afzal koʻrmoqda.

Turkiston:  

AQSh maʼmuriyati Rossiya fuqarolaridan Putinning rejimi vakillari va bu jinoiy rejim tarafdorlari safidan bir necha yuzlagan taniqli shaxslarga nisbatan bir qator cheklov sanktsiyalarini joriy qilgan. Rossiya hokimiyati vaziyatni boshqa tomonga burib, “olamiy sanktsiyalar Rossiya mamlakatiga va Rus fuqorolariga qarshi qoʻllanilmoqda” demoqchi boʻlishyapti. Buning bilan ular, Rossiyaning boshiga yogʻilayotgan balo va ofatlar, rejimning yoʻl qoʻyib borayotgan xatolari ortidan kelayotgan kasofati ekanini yashirmoqchi boʻlib, “AQShning nafrati Rus millatiga qarshi yoʻnaltirilgan” demoqchi boʻlishyapti!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.