Mattis: Sochi anjumanida nima boʻlganligini oʻzingiz koʻrdingiz

839
0

Mattis: Sochi anjumanida nima boʻlganligini oʻzingiz koʻrdingiz

AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mattis 29-30 yanvar kuni Sochi shahrida boʻlib oʻtgan Suriya milliy diyalog konferentsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchraganligini ochiq tan oldi. Mattisga koʻra, konferentsiyasida ishtirok etganlar hech qanday yakuniy natijaga erisha olmagan. Bundan xulosa chiqargan Mattis Jeneva muzokaralarida erkinroq ishtirok etishlari uchun Suriyada baʼzi bir sharoitlar yaratishga chaqirdi.

“Biz IShID tashkilotini yoʻq qilish va ularning pozitsiyalarini vayron qilish hamda Suriyadagi sharoitlarga erishishni istaymiz. Bular bizga Jeneva muzokaralarida erkinroq ishtirok etishimiz uchun imkoniyat yaratib beradi”, dedi Matis Pentagon matbuot anjumanida.

“Oʻzingiz koʻrdingiz, (ishtirokchilar) Sochi anjumanida hech narsaga erisha olmadilar. Natijani tasvirlash uchun bu eng munosib usul deb hisoblayman. Endi ular va BMTning Suriya masalasi boʻyicha maxsus vakili Staffan de Mistura ham Jenevaga qaytib kelishadi”, deya qoʻshimcha qildi Mattis.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa Sochi konferentsiyasining muvaffaqiyatsiz yakunlanishiga Turkiyaga qarashli muxolifat vakillarini aybladi. Uning taʼkidlashicha, muxolifat vakillari oʻrinsiz sabablarni roʻkach qilib konferentsiyaga ishtirok etishdan bosh tortgan. Lavrovning soʻzlari “Sochi konferentsiyasining muvaffaqiyatsizligiga Turkiya va uning tarbiyasi ostidagi mufolifatni ayblash” sifatida baholanmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.