Suriya milliy muloqot kongressida ishtirok etadigan muxolifat vakillarining roʻyxati eʼlon qilindi

852
0
Cumhurbaşkanı Recep Tayyip Erdoğan, Rusya Devlet Başkanı Vladimir Putin ve İran Cumhurbaşkanı Hasan Ruhani'nin katıldığı "Suriye" konulu üçlü zirve toplantısı saat 16.40'ta başladı. ( AA - Anadolu Ajansı )

Suriya milliy muloqot kongressida ishtirok etadigan muxolifat vakillarining roʻyxati eʼlon qilindi

Shu kunlarda Suriyaning Idlib shahri aholisini qirgʻin qilayotgan Rossiyaning mezbonligida hamda Eron va Turkiyaning qoʻllab-quvvatlovi ostida Suriyada siyosiy oʻtish davri masalasini muhokama qilish uchun “Suriya milliy muloqot kongressi” ish boshladi. Bu kongressga taklif etilganlar roʻyxatida Suriya muxolifati vakillaridan 300ga yaqin kishining ismi mavjud.

“NTV” axborot agentligi tarqatgan xabarga koʻra, Suriya muxolifati vakillari Sochiga Jeneva, Anqara, Misr va Damashqdan keladi. Roʻyxatda Turkiya tomonidan olgʻa surilgan 80-100 nafar kishining ham ismi bor. Jenevadan jami 113 kishiga, Damashqdan 44 kishiga, Qohiradan 29 kishiga taklifnoma yuborilgan. Mustaqil ravishda ishtirok etadigan muxolifat vakillarining soni 10 kishinidan iborat. Suriya kurd milliy kengashidan 24 kishining ishtirok etishi kutilmoqda.

Roʻyxatda 67 nafar aʼzoga ega Turkiyadagi muxolifatning eng yirik guruhi hisoblangan “Suriya milliy koalitsiyasi”dan faqat 4 kishining nomi keltirilgan. Guruh rahbari va bosh kotibi taklif qilinmagan. Shuningdek, “Suriya oliy kengashi”ning raisi Nasr al-Haririyning nomi ham taklif etilgan mehmonlar orasida yoʻq. “Suriya milliy koalitsiyasi”ning sobiq raisi Ahmad Jarbaning guruhidan taklif etilganlarning soni esa 54taga yetdi.

Sochida oʻtkazilayotgan demokratik “Suriya milliy muloqot kongressi”ga jami 1500 kishi, jumladan Asad rejimining vakillari ham ishtirok etmoqda. Ishtirokchilarning ismlari internet saytlarda birma-bir eʼlon qilindi.

Suriya muxolifati tomonidan tashkil qilingan “muzokaralar oliy qoʻmitasi” Sochidagi “Suriya milliy muloqot kongressi”ga ishtirok etmasligini eʼlon qilgan edi. Xabarlarda aytilishicha Turkiya hukumati Suriya muxolifati vakillarini kongressga ishtirok etishga targʻib qilgan.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa baʼzi kimsalarning “Suriya milliy muloqot kongressi”ga ishtirok etmasligi kongressning ahamiyatiga putur yetkaza olmasligini bildirdi. Peskovga koʻra, bu kongress Suriya masalasini hal qilish yoʻlidagi muhim qadam boʻladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.