Frantsiya Turkiyaning harakatlari tufayli BMT Xavfsizlik kengashini chaqirishni talab qildi

457
0

Frantsiya Turkiyaning harakatlari tufayli BMT Xavfsizlik kengashini chaqirishni talab qildi

 Frantsiya Suriyadagi vaziyat tufayli BMT XKning favqulotda majlisi chaqirilishini talab qildi, deya xabar berdi oʻzining Twitter i orqali Frantsiya tashqi siyosat mahkamasi rahbari Jan-Iv Le Drian. Bu Turkiyaning Suriyadagi kurd mintaqalarida olib borayotgan harbiy harakatlariga nisbatan xalqaro hamjamiyatning oʻziga xos munosabati boʻldi.

 Shanba kuni Turkiya Quroli kuchlari Bosh shtabiSuriya va Turkiya chegarasidagi Afrin mintaqasida kurd otryadlariga qarshi harbiy amaliyot boshlangani haqida bayonot berdi. Turkiya bosh vaziri Binali Yildirыm 21 yanvarь kuni aviatsiya va zirhli texnikalar ishtirokida harbiy amaliyot boshlanganini tasdiqladi.

 Tashlanayotgan bu qadam mintaqani yanada beqarorlashtirishi mumkinligi borasida AQSh tomonidan ogohlantirganiga qaramay Turkiya shu harakatlarni boshladi. Turkiyaning davlatga tegishli Anadolu axborot agentligining maʼlum qilishicha, kurdlarning “Oʻzini himoya qilish xalq otryadalari”(YPG)ga qarshi “Olivka yaprogʻi” deb nomlangan harbiy amaliyotni  Damashqdagi hukumatga muxolif boʻlgan “Suriya Ozodlik armiyasi” qoʻllab-quvvatlamoqda.

 Turkiya kurd militsiyasini taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasi(KIP) bilan aloqasi borlikda ayblaydi. Bu partiya 30 yildan beri Turkiya janubiy- sharqida isyon koʻtarib keladi. KIP Turkiya, AQSh va Yevropa Ittifoqida terror guruhi sifatida koʻriladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.