Oʻzbekiston Qirgʻizistonda toʻqqizta korxona ochadi

836
0

Oʻzbekiston Qirgʻizistonda toʻqqizta korxona ochadi

 Oʻzbekiston Qirgʻizistonda avtoulovlarga texnik xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi texnikasini yigʻish, plastik qismlar ishlab chiqarish va boshqa sohalarda toʻqqizta korxona ochadi. Bu haqda QR Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish agentligi direktorining oʻrinbosari Shumkarbek Adilbek oʻgʻli maʼlum qildi.

 Uning soʻzlariga koʻra, yettita kompaniya qirgʻiz-oʻzbek qoʻshma korxonasi maqomiga ega boʻladi. Oʻzbekistonning “Artel Engineering” va Qirgʻizistonning “L.T.B” shirkati Artelning kir yuvish mashinalarini yigʻish bilan shugʻullansa, Perfect Plast  (Oʻzbekiston) va Imzo LTD (Qirgʻiziston) plastik va alyuminiy profillarni ishlab chiqarish uchun tsex quradilar.

 Oʻzbekistonning “Oʻzavtosanoat” va Qirgʻizistondagi “AvtoOңdooZavod” qishloq xoʻjaligi texnikasi va traktorlarini yigʻish boʻyicha ikkita qoʻshma korxona ochmoqda. Shuningdek, oʻzbek kompaniyasi Qirgʻizistonning “DT Texnik” va “Avtotsentr Estakada” shirkatlari bilan birgalikda avtobuslarni yigʻish va transport xizmatlarini koʻrsatish zavodlarini ochadi. “Avtotsentr Estakada” va “Ravon Motors Tyanь-Shanь” shirkatlari esa  avtomobillar yigʻish zavodi va dilerlik markazini ochilishiga kelishib oldilar.

 Bundan tashqari, Toshkentdagi “Artel Engineering” Qirgʻizistonda oʻz filialini ochadi va MediaPark koʻngilochar markazini quradi.

 Taʼkidlanganidek, ushbu bitimlarning barchasi uchun memorandumlar imzolangan. Bu korxonalarning ayrimlari allaqachon tashkil etilgan, qolganlari esa 2018 yilning oxirigacha qurilishi rejalashtirilgan. Yangi kompaniyalar Bishkek, Oʻsh va Qora-Bolta shaharlarida ochiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.